Kristallanish va kristalizatorlar Reja 1. Kristallanish. 2. Kristallanish jarayonining muvozanati va tezligi. 3. Kristallarni hosil qilish usullari va uning xossalariga kristallanish sharoitining ta'siri. 4. Kristallizatorni hisoblash. a) Kristallanish jarayonining moddiy balansi. b) Sovitish usuli bilan ishlaydigan kristallizatorlarni hisoblash. Kristallanish. Eritmalardan erigan qattiq fazaning kristall holida ajralishi kristallanish deyiladi. Kristallar - qirralari har xil geometrik shakldagi bir jinsli qattiq moddalardir. Har bir kimyoviy birikmadagi kristall shakllari bir-biridan simmetriya o'qlarining soni va joylashishi bilan farqlanadi. Bu birikmalardagi bir necha kristall shakllarining hosil bo'lishi polimorfizm deyiladi. Kristallanish jarayonining sharoitiga qarab, bir modda tarkibidagi har xil miqdordagi suv molekulalari bo'lgan kristallar hosil qiladi. Bunday kristallar kristalogidratlar deyiladi. Kimyoviy texnologiya sanoatida kristallanish jarayoni toza moddalar olish uchun keng qo'llaniladi. Oziq - ovqat sanoatida kristallanish jarayoni qand-shakar ishlab chiqarishda, glyukoza olishda, konditer sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi. Bir vaqtning o'zida bir necha kristallarning hosil bo'lishi umumiy kristallanish deyiladi. Eritmalarda umumiy kristallanish jarayoni, eritmalar temperaturasini o'zgartirish va eritmadagi erituvchining bir qismini bug'latish bilan kristallanayotgan moddaning eruvchanligini kamaytirish natijasida hosil bo'lgan bug'larni sovitib ham olinadi: Sanoatda kristallanish jarayoni quyidagi bosqichlarda boradi: kristallanish; 2) osil bo'lgan kristallarni eritmalardan ajratib olish; 3) kristallarni yuvish va quritish. Kristallanish jarayonining muvozanati va tezligi. Kristallanish jarayoni eritmadagi qattiq faza eruvchanligining o'zgarishiga asoslangan. Temperatura ortishi bilan moddalrning eruvchanligi ko'payib, ular yaxshi eruvchanlik xususiyatiga ega bo'ladi. Temperatura ortishi bilan bazi moddalarning eruvchanligi kamayib ketadi va ular yomon eruvchan moddalar hisoblanadi. ґta to'yingan eritma esa o'z tarkibida eruvchanlik xususiyatiga nisbatan ortiqcha miqdorda erigan modda ushlaydi. Shu sababli o'ta to'yingan eritmalar turg'un bo'lmaydi. Bunday eritmalardan ortiqcha erigan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.96 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.96 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:30 ]
Arxiv ichida: doc