Krupoz zotiljam plevritlar Reja: Etiologriya va patogenezi yoritish Klassifikatsiya va klinika Tanaffus Bemorni ko'rsatish Laborator-instrumental diagnostika Davolash va profilaktika Xulosa . Savollarga javob O'TKIR ZOTILJAM ta'rifi. O'tkir zotiljam (pnevmoniya) - o'pkaning havo almashinish (alveolalar, oraliq to'qima va qon tomirlar tizimi) qismida joylashgan o'tkir yallig'lanish jarayon. Bu yallig'lanish birlamchi va ikkilamchi bo'ladi. Birlamchi o'tkir zotiljam infeksion etiologiyali mustaqil kasallik bo'lib, ko'pincha nafas a'zolari sog'lom va zotiljam chaqiruvchi kasalliklar bo'lmagan insonda rivojlanadi. Ikkilamchi o'tkir zotiljam esa aksariyat o'pkaning surunkali kasalliklari (surunkali bronxit, pnevmoskleroz, o'pka saratoni va h.k.) jarayonida yuzaga keladi. Tarqalishi - nafas a'zolari kasalliklari orasida eng ko'p uchraydigan kasallik - har ming aholi soniga o'rtacha 6 -18 ta kasallanish to'g'ri keladi, ammo gripp epidemiyasi davrida ko'proq uchraydi. O'tkir zotiljam yosh tanlamaydi barcha yoshda kuzatiladi, biroq yosh bolalarda va qariyalarda hastalik aksariyat og'irroq o'tadi. Ish sharoitining og'irligi, uzoq muddatda zax va namda qolish, sovqotish, chekish, alkogol ichimliklarni suistemol qilish sababli erkaklar, ayollarga nisbatan, 3 barobar ko'proq kasallanadilar. Tasnifi. N.S.Molchanov (1962y.) va O.V.Korovinalar tomonidan taklif qilingan va kasallik etiologiyasi, patogenezi, klinik-morfologik belgilari, hamda kechish tabiatini inobatga olgan. Etiologiyasi bo'yicha: Bakteriyali (pnevmokokklar, stafilokokklar, streptokokklar, Fridlender tayoqchasi, enterokokk, protey, ichak tayoqchasi va boshqalar); Virusli (gripp, adenoviruslar); Mikoplazmali; Ornitozli; Rikketsiyali (Ku-lixoradkasining o'pka turlari); zamburug''li - kandidozlar, aspergillyoz, kokqidioz; Allergiyali - gijjalar, dorilar, mog'or zambururlari, changlar. Patogenezi bo'yicha: birlamchi, ikkilamchi: O'pkada qon aylanishi o'zgarishi bilan bog'liq (jumladan infarqt pnevmoniyasi); Aspiratsiya va bronxlar ezilishi sababli; Ko'krak qafasi shikastlanishi; Operatsiyadan so'ng; Toksik; Termik; Septik; Surunkali obstruktiv bronxit qaytalanishi (qo'zishi) tufayli Boshqa ikkilamchi zotiljam. Klinik-morfologik o'zgarishlari bo'yicha: Parenximatozli: krupozli o'choqli ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.01 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.01 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:30 ]
Arxiv ichida: doc