Ksantin hosilasini saqlovchi alkaloidlar, toksikologik va narkologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari

Ksantin hosilasini saqlovchi alkaloidlar, toksikologik va narkologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ksantin hosilasini saqlovchi alkaloidlar, toksikologik va narkologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari - rasmi

Material tavsifi

Ksantin hosilasini saqlovchi alkaloidlar, toksikologik va narkologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari Reja: Fenatsetin Antipirin Amidopirin Analgin FYeNATsYeTIN Fenatsetin neytral xossaga ega va organik erituvchilar bilan kislotali muhitda ham ishqoriy muhitda ham ekstraksiyalanadi. Qo'llanilishi va toksikologik ahamiyati. Fenatsetin organizmga zaharli ta'sir ko'rsatadi, lekin tibbiyotda ishlatilganligi uchun zaharlanishlar uchrab turadi. Organizmni fenatsetindan zaharlanishi og'ir va kuchli bo'ladi. Fenatsetin issiq tushiruvchi, shamollashga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega. Uni bosh og'riganda va nevralgiyani davolashda ishlatiladi. Fenatsetin analfen, asfen, pirafen, fenalgin, sedalgin kabi tabelkalar tarkibida bor. Fenatsetin ko'p hollarda ichki a'zolar faoliyatini o'zgartirmaydi. Ayrim holatlarda Fenatsetin nefriti xastaligini keltirib chiqaradi. Ko'p istemol qilinganda allergik reaksiyalar, metgemoglobinemiya va anemiyaga sabab bo'ladi. Metobolizmi. Fenatsetin dezalkillanish tufayli metabolitlanib, paratsetamol, n-fenetidin, n-aminofenol moddalarni hosil qilishi mumkin. Gidrolizlanish natijasida 2-gidroksifenatsetin hosil bo'ladi. Fenatsetin qisman sof holda, gidroliz mahsulotlari esa glyukronidlar yoki sulfatlar bilan konyugatlari holida peshob bilan ajralib chiqadi. Fenatsetinning organizmda gidrolizlanishidan hosil bo'lgan paraoksianilin birikmasi kuchli zahar hisoblanadi. Oksidlanish davom etib paraaminofenol va xinonimin hosil qiladi: Xinonimin tezda gemoglobinni oksidlab parchalaydi va o'zi yana paraaminofenolga qaytadi. Fenatsetin organizmda to'liq gidrolizlanmaganda ham zaharli fenatedin hosil bo'ladi: Peshobni fenatsetin uchun dastlabki tekshirish. Ushbu reaksiya fenatsetinning asosiy metoboliti paratsetomolni organizmdagi biotransformatsiyalanishi natijasida hosil bo'ladigan n-aminofenolni aniqlashga asoslangan. Buning uchun 1 ml tekshiriluvchi peshobga 2-3 tomchi 10% xlorid kislotasi qo'shib sovitiladi. So'ngra nitrit natriy va yangi tayyorlangan α-naftolni ishqordagi eritmasidan tomizilganda, qizil rang hosil bo'ladi. Ortiqcha α -naftol qo'shilishi reaksiyaga halaqit beradi. Qizil rang hosil bo'lishi peshobda n-aminofenol borligini bildiradi. Ashyoviy dalil tarkibidan ajratib olish: nordonlashtirilgan suv yoki spirt yordamida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 347.76 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 347.76 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga