Ku isitmasining epidemiologiyasi va profilaktikasi ta'rifi- Ku-isitmasi koktsiellalar keltirib chiqaradigan polimorf klinikali, tabiiy va antropurgik o'choqlari mavjudligi, zoonoz, yuqish yo'llari xilma-xilligi bilan xarakterlanuvchi yuqumli kasallik. Tarixi Ushbu kasallik haqidagi dastlabki ma'lumot 1937 yilda avstraliyalik vrach E. H. Derrick tomonidan elon qilgan va u hastalikni Q (noaniq, shubxali)-fever deb atagan. Kasallikni qadimda bir necha nomlar bilan aytilgan masalan avstraliya Ku rekketsiozi, bolqon grippi, pnevmorekketsioz shular jumlasidandir. O'zbekistonda 1949 yilda P. I. Щukov Chirchiq shaxrida nomalum isitma mavjudligi haqida ma'lumot bergan. Shu yilda Termiz tumanida xam kasallik aniqlanib Termiz isitmasi deb atalgan. 1953 yilda bu fikrlar N. I. Xodukin, T. X. Najmiddinovlar tomonidan tasdiqlangan. Kasallik Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida xam mavjudligi aniqlangan. Ku isitmasi kasalligida kanalarning 25 turi kasallik chakirishi mumkin Etiologiyasi: Kasallik qo'zg'atuvchisi Bernet koktsiellalari bo'lib, rekketsiyalar oilasi, koktsiellalar turiga mansub. Ular boshqa rikketsiyalardan genom tuzilishi, hujayra ichi parazitlik xarakteri, antibiotiklarga sezgirligi, dez. moddalarga chidamliligi, isitishga va past ishqorga chidamliligi bilan farq qiladi. Koktsiellalarni ko'rinishi tayoqchasimon yoki ipsimon bo'lib, xivchin va kapsulalari yo'q, gr (-). Tashqi muhitga chidamliligi: Bernet koktsiellalari tashqi muhitga turli va fizik kimyoviy ta'sirlarga barqaror bo'lib, ular tashqi muhitda quritilgan holda xam, nam holda xam uzoq saqlanib qoladi. Quruq kultura xolida 8-10 yilgacha tirik saqlana olishi tajribalarda tasdiqlangan. Sterillangan vodoprovod suvida koksiellalar 160 kungacha tirik qoladi. Sut qaynatilganida unda koksiellalar miqdori kamayadi, lekin batamom tamom bo'lmaydi. Ultrabinafsha nurlarida 5 soatda, 2%li fenol eritmasi, 3% li xloramin, 2 %li xlor eritmasida o'ladi. Epidemiologiyasi Yashirin davri o'rtacha 10-12, minimal 8, maksimal 23 kunni tashkil etadi. Qo'zg'atuvchining asosiy manbai qushlar, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
472.87 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
472.87 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:30 ]
Arxiv ichida: pptx