Kun tartibining asosiy lahzalari va analizatorlarning yosh xususiyatlari Reja: 1.Charchash va o'ta charchashning oldini olish 2.Aqliy ishchnlik qobiliyatining davrlari 3.O'quvchilarning kun tartibini gigiyenik baholash . O'sib kelayotgan yosh avlodning sog'ligini saqlash masalasi keng ma'nodagi tushuncha bo'lib o'quvchilarning charchashi - ya'ni, toliqishi va o'ta charchashining oldini olish vazifasini ham o'z ichiga oladi, bu esa birinchi navbatda o'quvchining o'ta toliqishiga yul qo'ymaslik bilan bog'likdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar va mediklar, ota - onalarning diqqat markazida to'rishi lozim. Maktab kasalliklari deb ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi vaqtda o'quvchilar tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir. Zamonaviy o'qitish jarayoni o'quvchiga axborot berishning yangi shakl va usullarini kulamoqda, ya'ni bilim berishning samaradorligini oshirishga qaratilgan texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada o'quuvchining darsdagi faoliyati bir muncha aktivlashtirishga erishildi. Aqliy mehnat (o'qish, yozish, fikrlash, mqasala yechish dars tinglash va tayyorlash va hoka'zolar) asosan ko'rish, eshitish, organlari va ularninmg bosh miya po'stlogidagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan ishdir. Shunday ekan, o'quvchilar aqliy mehnat gigiyenasining zarur shartlarini kun tarriblariga rioya qilish. Fizkultura va sport bilan shug'ullanish, o'quv va o'qishdan tashqari mashg'ulotlar uchun sharoit yaratish, bir faoliyatini ikkinchisi bilan almashtirib turish, spirtli ichimliklar ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga berilmaslik va hokozalarini ongli ravishda bajarishga harakat qilishlari kerak. Aqliy faoliyat uzoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobilyati asta- sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarayoygan ishga nisbatan etibor kamayadi, o'zlashtirish pasayadi, bo'shashadi, mudraydi. Bu holat miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi nerv hujayralari qo'zg'alish holatidan tormozlanish holatiga o'tganligini, yani ular charchaganini ko'rsatadi. Charchash bu tashqi muhit bilan miya po'stlog'idagi nerv hujayralari o'rtasidagi aloqaning vaqtincha uzilishidir. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.73 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.73 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:30 ]
Arxiv ichida: doc