Kuydirgi (Anthrax) ta'rifi, tarixi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epizootologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxisi, davolash usullari, profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar Kuydirgi Kuydirgi - spora hosil qiluvchi bakteriya qo'zg'atadigan (Bacillus anthracis), turli yuqish mexanizmlariga ega bo'lgan, asosan o'ziga xos karbunkul, bazida o'pka ichak va og'iz-tomoq shakllarida namoyon bo'ladigan zooantroponoz o'ta xavfli yuqumli kasallikdir. Kuydirgi Sinonimlari: sibirka, kuydirgi karbunkuli, yomon karbunkul, ilohiy olov, fors olovi, eron alangasi va h.k. Tarixi va geografik tarqalishi Kuydirgi qadimdan malum kasallikdir. Abu Ali Ibn Sino, Gippokrat, Gomer va boshqalar bu kasallikni hayvonlardan odamga yuqadigan kasallik deb ta'riflaganlar. O'rta asrda Italiyada XVII va XIX asrda Fransiyada, Yevropava Amerika qitasida kuydirgi kasalligi qishloq xo'jalik hayvonlari va aholi orasida keng tarqalgan. 1965 - 1967 yillarda Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika qitalarida 21400 ga yaqin kasallik qayd etilgan. Rossiya, Iroq, Hindiston, Italiya va Angliya Davlatlarida ham kuydirgi tez-tez uchrab turadi. O'zbekiston Respublikasining barcha ma'muriy hududlarida kuydirgining noxush statsionar punktlari mavjud Kuydirgi kasalligini dunyo bo'yicha tarqalishi 1930 - 2008y.larda ro'yxatga olingan tuproq o'choqlari O'zbekiston Respublikasida 1970- 2012y.y.qayd etilgan kuydirgi kasalligining ko'rsatgichlari O'zbekiston Respublikasida 2007-2012 y.da qayd qilingan kuydirgi kasalligi Etiologiya Kasallik qo'zg'atuvchisi Bacillus anthracis hisoblanadi. Grammusbat, yirik, u harakat qilmaydi, anilin bo'yoqlari bilan bo'yaladi, aerob, kapsula va spora hosil qilish xususiyatiga ega. Qattiq ozuqa muhitlarida RR-forma shaklini hosil qiladi («meduza boshi ») Sporalari infeksiyani tsirkulyatsiya qilishini asosiy omili hisoblanadi, sporalari o'ta chidamli bo'lib, suvda taxminan 10 yil, tuproqda esa o'n yillab saqlanadi. Aerozol shaklda ham yuqumlidir. Epizootologiyasi Ifloslangan tuproq kuydirgining manbai hisoblanadi. Hayvonlar orasida kuydirgining ko'plab tarqalishi yilning fasliga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.32 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.32 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:30 ]
Arxiv ichida: ppt