Kuyish, sovuq urishi, elektr tokidan shikastlanish, suvga cho'qish. REJA: 1.Kuyish. 2.Sovuq urish. 3.Elektr tokidan shikastlanish. 4.Suvga cho'qish. Kuyish.Yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlar ta'sirida shikastlanishdir. Sababi. Qaynoq suv, olov, yonib turgan gaz, bug', kislota, ishqor, quyosh nuri, radioaktiv nurlar. Belgilari. Kuyish to'rt darajada bo'ladi: I-daraja - teri qizaradi, shishadi, achishadi, og'riydi; II-daraja - kuygan terida har-xil kattalikdagi ichida tiniq suyuqlik bo'lgan pufakchalar hosil bo'ladi; II-daraja - teri va uning ostidagi to'qimalar qorayadi (nekrozlanadi). Bemor ahvoli og'ir bo'ladi; IV-daraja - teri va teri ostidagi to'qimalardan tashqari muskul, suyak ham qorayadi.Bemor ahvoli o'ta og'ir bo'ladi. Kuygan joydagi nerv tolalaridan o'tadigan og'riq impulslari markaziy nafas va yurak-qon tomirlarining miyadagi nerv markazlari faoliyatini buzilishiga olib keladi. Natijada qon tomirlari devorining o'tkazuvchanligi oshib, qonning suyuq qismi to'qimalarga o'tadi va qon quyuqlashadi, uning tomirlarda harakatlanishi qiyinlashadi. Kuygan to'qimalarda hosil bo'lgan zaharli moddalar qonga o'tib, organizmni zaharlaydi. II- IV-darajali kuyish tufayli yuzaga keladigan og'ir kasallik holati uch davrda kechadi: 1.Kuyish tufayli og'riq natijasida bemorda yuzaga keladigan shok holati. 2.Kuygan to'qimadan zaharli moddalar va mikroblarni qonga o'tishi tufayli,toksikoseptik holat yuzaga keladi. 3.Bemorni sog'ayishi yoki hayotdan ko'z yumishi. II- IV-darajali kuyish tufayli yuzaga keladigan shok holati. Shok holati ikki davrda kechadi: - Shokning eriktil davri. Bunda bemor bezovtalanadi, oyoq-qo'llarini tipirchilatadi. Ko'p gapiradi, alaklaydi. Tomir urishi tezlashadi, arterial qon bosimi biroz kutarilgan bo'ladi; - Shokning torpid davri. Bemorda harakatlar so'nadi, u qimirlamay yotadi, savolga javob bera olmaydi, terisi oqaradi, tomir urishi kuchsiz, arterial qon bosimi pasayadi. Bemorning toksikoseptik holati. Bu davr kuyish sodir bo'lganidan 1-2 kun o'tgach boshlanadi. Intoksikatsiya (zaharlanish) natijasida ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.68 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.68 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:31 ]
Arxiv ichida: doc