Kuyish sovuq urish elektrdan shikastlanish Reja: Kuyish Sovuq urish, Elektrdan shikastlanish Kuyish, sovuq olish va elektrdan shikastlanish haqida. Kuyish. Kuyish termik, kimyoviy, elektrik yoki nur ta'sirida vujudga keladigan shikastlanishlardir. Termik kuyish boshqa kuyishlarga nisbatan ko'proq uchraydi. To'qimaning 52oS dan ortiq qizishi oqsillarni koagulyatsiyaga uchratadi. Termik kuyish issiqlik nuri (quyosh nuri, ultrabinafsha, yong'in, alanga natijasida yuzaga keladi). Termik kuyish eng so'ngi tasnif bo'yicha IV darajga bo'linadi: I daraja - yuzaki epidermal kuyish; II daraja - teri yuqori qavatining kuyishi; II-a daraja - terining bazan chala, bazan butunlay kuyishi; II-b daraja - terining barcha qavati kuyishi va teri osti yog' klechatkasiga o'tishi; IV daraja - chuqur to'qimalarning qolaversa suyakkacha kuyishi. I-II-a daraja kuyish - yuzaki, II-b - IV darajali kuyish chuqur kuyish deyiladi. Kuyish chuqurligini bilish uchun quyidagi sinovlar o'tkaziladi: igna sanchib ko'rish - igna sanchiganda og'risa, II-a, og'rimasa II-b kuyish bo'ladi; tuk sinovi II-a darajada tuk yo'lib olinganda badan og'riydi. II-b darajada tuk yengil olinadi; kuyish sathini tekshirishning Postnikov sxemasi, to'qqizlik usuli va kaft qoidasi mavjud. Postnikov usuliga ko'ra, kishi tanasining umumiy sathi 1600 sm2 dir. A.Uoless taklif etgan To'qqizlik qoidasiga bosh va bo'yin - 9%, qo'l - 9%, oyoq - 18%, tananing old qismi - 18%, oraliq qismi - 1%, kaft qoidasiga ko'ra esa inson kafti tananing 1% ini tashkil etadi. Kuyishning klinikasi. Kuyish klinikasini aniqlashda mahalliy va umumiy belgilarga etibor beriladi. Katta bo'lmagan kuyishlarda asosan mahalliy belgilar muhim ahamiyatga ega. Kuyishning I darajasida kuygan joy qizaradi va shishadi. Sezuvchan tomirlar reyeptorlarining kuyishi hisobiga og'riq bo'ladi. Bir necha kundan keyin ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
7.6 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
7.6 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:31 ]
Arxiv ichida: docx