Laktamidlar, aminoglikozidlar, adamantanlar va terpenoidlar guruhiga kirgan dori moddalari tahlili

Laktamidlar, aminoglikozidlar, adamantanlar va terpenoidlar guruhiga kirgan dori moddalari tahlili

O'quvchilarga / Tibbiyot
Laktamidlar, aminoglikozidlar, adamantanlar va terpenoidlar guruhiga kirgan dori moddalari tahlili - rasmi

Material tavsifi

-Laktamidlar, aminoglikozidlar, adamantanlar va terpenoidlar guruhiga kirgan dori moddalari tahlili Reja: 1 .Penitsillinlar guruhiga kirgan dori moddalarining olinishi, tahlili, ishlatilishi, saqlanishi. 2.Tsefalosporinlar guruhiga kirgan dori moddalarining olinishi, tahlili, ishlatilishi, saqlanishi. Z.Aminoglikozidlar guruhiga kirgan dori moddalarining olinishi, tahlili, ishlatilishi, saqlanishi. 4.Adamantanlar va terpenoidlar guruhiga kirgan dori moddalarining olinishi, tahlili, ishlatilishi, saqlanishi. -laktamidlar guruhiga kirgan dori moddalari tahlili -laktamidlarga penitsillinlar va tsefalosporinlar guruhiga kirgan antibiotik ta'sirga ega bo'lgan dori moddalari kiradi. Penitsillinlar p-APK hosilalari bo'lib, ular tabiiy va yarim sintetik penitsillinlarga bo'linadi. Tabiiy penitsillinlar mikrobiologik sintez usuli bilan Penicillinum notatum va Penicillinum chrysogenum shtammlaridan ajratib olinadi. Tabiiy penitsillinlar. Benzilpenitsillin Na, K li tuzlari, fenoksimetilpenitsillin va benzilpenitsillinning novokainli tuzi. Yarim sintetik penitsillinlar - APK asosida olinib, ularga ampitsillin, amoksitsillin, oksatsillin, karbenetsillin natriy, azlotsillin natriy, korfetsillin natriy va boshqalar kiradi. Tasvirlanishi. Oq kristall, hidsiz, achchiq mazaga ega bo'lgan moddalar bo'lib, benzilpenitsillinning kaliyli va natriyli tuzlari suvda oson eriydi. Benzilpenitsillinning novokainli tuzi, fenoksimetilpenitsillin, ampitsillin, amoksitsillinlar suvda kam eriydi. Suvli va spirtli eritmalari qutblangan nurni o'ngga buradi. Chinligini aniqlash. 1 .Tekshirilayotgan penitsillinning IK-spektrini standart namuna IK-spektri bilan solishtirib. 2.YuKX-standart namunaga solishtirib. Z.Marki reaktivi ( N2SO3 + konts. N2SO4) bilan rangli birikma hosil bo'lish reaksiyasi penitsillinlar uchun ularni bir-biridan farqlash reaksiyasi bo'lib, benzilpenitsillin-qizil-qo'ng'ir, amoksitsillin- to'q sariq rangga bo'yaladi. 4. Na+ yoki K+ ionga sifat reaksiyasi. 5.Temir yoki mis gidroksomati hosil bo'lish reaksiyasi. 6. Organik birikkan S minerallab, so'ng aniqlanadi, sulfid holida ishqor bilan qizdirib. 7. Tabiiy penitsillinlar uchun N-etil piperidin tuzining suyuqlanishi harorati aniqlanadi. Tozaligini aniqlash. Tabiiy penitsillinlarning tozaligi ularning eritmasini optik zichligi 264, 280, 325 nm ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 206.09 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 206.09 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga