Leykotsitlarni morfofiziologiyasi va asosiy funksiyalari

Leykotsitlarni morfofiziologiyasi va asosiy funksiyalari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Leykotsitlarni morfofiziologiyasi va asosiy funksiyalari - rasmi

Material tavsifi

Leykotsitlarni morfofiziologiyasi va asosiy funksiyalari Reja: Leykotsitlarning klassifikatsiyasi. Granulotsitlar va ularning turlari. Agronulotsitlarning turlari. Leykotsitar formula. Immunitet va antitelolar. Leykotsitlarning klassifikatsiyasi Leykotsitlar qonning maxsus pigmentlarga ega bo'lmagan yadroli hujayralaridir. Rangsiz bo'lganidan oq qon tanachalari deb ham ataladi. Sog'lom odam qonining 1mm3 da 400-900 leykotsit uchraydi. Ularning soni doimo bir xilda turmaydi. Fiziolgik sharoitlarda organizmning faollik holatiga, tun va kunga hamda boshqa omillarga bog'liq holda leykotsitlar soni o'zgarib turadi. Leykotsitlar soni 100 dan ham oshib ketganda leykotsitoz to'g'risida, 400 dan kamayib ketganda, leykopeniya to'g'risida gap yuritish mumkin. Fiziologik va reaktiv leykotsitozlar Fiziologik va reaktiv leykotsitozlar tafovut qilinadi. Ovqatlanish, jismoniy mehnat qilish, qattiq xayajonlanish, biror joyning juda ogrishi periferik qonda leykotsitlar sonining ko'payishiga olib keladi. Bu leykotsitoz organizmdagi oq qon tanachalarining qayta taqsimlanishi natijasi hisoblanadi. Taloq, kumik, o'pkada bo'lib, qon aylanishida ishtirok yetmagan leykotsitlar aytib o'tilgan omillar ta'sirida qonga o'tadi va soni ortadi. Reaktiv leykotsitoz Reaktiv leykotsitoz esa qon yaratish a'zolaridan ko'p miqdorda uncha etilmagan leykotsitlarning ajralishiga bog'liq. Leykotsitozning bu turi ko'pincha o'tkir yallig'lanishning belgisi bo'ladi. Leykopeniya bazi kuchli toksinlar ishlab chiqaradigan mikroblar paydo qiladigan kasalliklarning alomati hisoblanadi. Radioaktiv nurlanish, zaharli moddalarning surunkali ta'siri ham leykopeniyaga olib keladi. Leykotsitlarning barcha turlari amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga ega. Bazi kimyoviy ta'sirlovchilar leykotsitlarni o'ziga tortadi. Ular kapillyarlar devoridan o'tib, shu ta'sirlovchilar (mikroblar, organizmning emirilayotgan hujayralari, yot tanachalar va boshqalar) tomon harakat qiladi. Bu hodisa musbat xemotaksis deyiladi. Shikastlovchi omillarga etib borgach, leykotsitlar ularni o'z tsitoplazmasi bilan qamrab olib, fermentlar yordamida parchalaydi-fagotsitoz ro'y beradi. Yakka leykotsit 15-20 mikrob hujayrasini qamrab olishi mumkin. Fagotsitozdan tashqari, leykotsitlar organizm ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.23 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:31 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.23 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga