Leykozlar Reja: Surunkali miyeloleykoz Surunkali limfoleykoz Gemorragik diatezlar Gemofiliya Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi) Leykoz (yunoncha- leukos - oq) leykemiya oqqon raki - qon yaratish sistemasining o'sma kasalligidir. Leykoz - qon yaratilish hujayralaridan paydo bo'ladigan va suyak ko'migini zararlantiradigan o'smalarning umumiy nomi. Kasallikning etiologiyasi noma'lum va uning kechishi xavfli o'sma rivojlanishini eslatadi. Leykozning virus tabiati to'g'risida taxminlar ilgari surilyapti. Leykoz mohiyati suyak ko'migi, taloq, limfatik tugunlar zararlanishidan iborat. Leykozda periferik qonda ko'p miqdorda yetilmagan leykotsitlar kuzatiladi, ular, odatda, faqat suyak ko'migida va limfotik tugunlarda bo'ladi. Qator hollarda periferik qonda leykotsitlarning umumiy miqdori ko'paymaydi, ular sifat jihatidan o'zgaradi, xolos. Bunday leykozlar aleykemik leykozlar deyiladi. O'tkir va surunkali leykoz farq qilinadi. O'tkir leykoz, asosan, navqiron yoshda uchraydi. Og'ir kechishi gemopoyezning nisbatan tez va chuqur buzilishi va letal natija bilan tugashi bo'yicha farq qiladi. Bu hamma leykozlar orasida eng ko'p uchraydigan (qariyb 30 %) formasidir. Prognozi yomon. Bemorlar bir necha oydan bir-ikki yilgacha (hozirgi vaqtda ko'proq) yashaydilar. O'lim kaxeksiya, qon oqishi, infeksiya qo'shilib kelishi, leykozogen intoksikatsiya, neyroleykemiyadan yuz beradi. Bemor uzoq vaqt ko'rpa-to'shakda yotishi natijasida yotoq yaralar paydo bo'lishi mumkin. Klinik ko'rinishi. O'tkir leykozning birinchi klinik belgilari turlicha bo'ladi. Ko'p hollarda bemorlar quvvatsizlik, ishtahaning pasayishi, bo'g'imlarda og'riq va mayda jarohatlanishdan, terida ko'karishlar paydo bo'lishidan shikoyat qiladilar. Boshqa bemorlarda kasallik o'tkir boshlanib, ularda rinit, faringit, mo'rtak bezlari yallig'lanishi, tana harorati ko'tarilishi kuzatiladi. Ba'zida o'tkir leykoz kutilmaganda - qonni analiz qilinganda aniqlanadi. O'tkir leykozning rivojlangan bosqichida kasallikning klinik ko'rinishi anemiya, gemorragiya, infeksiya va yarali nekroz bilan asoratlanish sindromlari sifatida namoyon bo'ladi. Anemiya sindromi quvvatsizlik, bosh aylanishi, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.58 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.58 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:31 ]
Arxiv ichida: docx