Leyshmanioz - rasmi

Material tavsifi

Leyshmanioz Reja: Tarixiy ma'lumotlar Etiologiyasi. Epidemiologiyasi. Patogenezi va patologik anatomiyasi Klinikasi. Profilaktikasi. Leyshmanioz (Leishmaniasis) - protozoy kasallik bo'lib, uni har xil turdagi leyshmaniylar chaqiradi, asosan ichki organlar leyshmaniozi (vistseral leyshmanioz) yoki teri leyshmaniozi farqlanadi. Tabiiy o'choqdan transmissiv yo'l bilan tarqaladi. Tarixiy ma'lumotlar. Teri leyshmaniozi qo'zg'atuvchisini o'rganishni 1898 -yilda Toshkentlik harbiy ordinator P.F. Barovskiy boshlab berdi. Undan keyin (1900-1904 y) ingliz vrachlari Leyshman va Donovani kala-azar bilan og'rigan bemorning talog'idan shu kasallik qo'zg'atuvchisini topdilar. Alder va Teodor 1927-yilda iskaptopar pashshasining ichagida qo'zg'atuvchining tabiiy ravishda yashashini va odam terisini chaqib zararlaganda yuqishini isbotladilar. Birinchi bo'lib iskaptopar pashshasi chaqishi orqali yuqishini 1940-yilda A.P.Kryukova, 1937-yilda P.V.Kojebnikov va N.I.Latishiv isbotladilar. Shunga ko'ra teri leyshmaniozining 2 xil klinik turi farqlanadi: kech rivojlanuvchi (antroponoz yoki shahar tipi) va erta rivojlanuvchi (zoonoz yoki qishloq tipi). Etiologiyasi. Vistseral leyshmanioz qo'zg'atuvchisi- Leyshmania donavani, odamlarda uchraydigan teri leyshmaniozi- L. tropika, hayvonlarda uchrovchi- L. major. L.brasiliensis teri-shilliq qa vat leyshmaniozi. Leyshmaniy rivojlanishining iki davri farqlanadi: amastigota (xivchinsiz hujayra ichi) va pomastigota (xivchinli). Odam va hayvon organizmida uchrovchi leyshmaniylar dumaloq va tuxumsimon shaklda bo'lib, kattaligi 3-5 mkm. Ramonovskiy usuli bilan bo'yalganda sitoplazmasi ko'k rangga, yadrosi esa qizil-binafsha rangga bo'yaladi. Leyshmaniylar hujayra ichi parazitlari hisoblanadi va uzunligi 10-20 mkm. Leyshmaniy tovuq embrionli ozuqa muhitida yaxshi o'sadi. Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai leyshmanioz bilan kasallangan daydi itlar, yovvoyi hayvonlar, bo'rilar, tulkilar va kemiruvchilar. Antroponoz teri leyshmaniozida infeksiya manbai kasal odamlar va bazan kasallangan itlardir. Zoonoz teri leyshmaniozining infeksiya manbai turli xildagi kemiruvchilar. Infeksiyaning tarqatuvchisi iskaptopar pashshasidir. Iskaptopar mayda hasharot bo'lib (uzunligi 1.5-5 mm), erto'lalarda, omborxonalarda, zax joylarda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.9 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.9 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga