Limfa sistemasi

Limfa sistemasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Limfa sistemasi - rasmi

Material tavsifi

Gistalogiya Mavzu: Limfa sistemasi. Limfa sistemasi - odam va umurtqali hayvonlarda to'qima va a'zolardan limfa olib ketib, venoz sistemasiga quyadigan kapillyarlar va boshqa tomirlar. Odamning limfa sistemasi. Odamning limfa sistemasi - limfa kapillyarlari turi, limfa tomirlari, limfa tugunlari hamda ikkita limfa yo'lidan tashkil topgan. Limfa sistemasining tuzilishi Limfa sistemasi yuraktomir sistemasiga kiradi. Limfa kapillyarlari bosh qismi berk sirtmoq va bo'rtmalar hosil qiluvchi turli shakldagi naychalardan iborat. Ular bosh va orqa miya, taloq, tog'ay, ko'z oqi hamda gavhari va platsentadan tashqari barcha a'zolarda mavjud. Limfa kapillyarlarining diametri qon tomir kapillyarlarnikidan bir necha marta ortiq. Ular devori yuqori o'tkazuvchanlikka ega. Limfa kapillyarlari to'ridan limfa tomirlari shakllanib, ularda limfa oqimini yo'naltirib turadigan klapanlar (qopqoqchalar) bo'ladi. Limfa sistemasining vazifasi Limfa sistemasi to'qimalararo suyuqlikning ortiqchasini chiqarish va uni venoz oqimga qayta o'tkizishda, to'qimalardan kapillyar qon tomirlarga so'rilmagan oqsil moddalar, kolloid eritmalarning o'zlashtirilishida qatnashadi. Limfa tomirlari Limfa tomirlari qovuzloqli chigallar hosil qiladi. Bu chigallardan a'zolar ichidagi limfa tomirlari shakllanib, ular a'zodan chiqadigan limfa tomirlariga aylanadi. Har bir ichki a'zoda yuza va chuqur joy-lashgan limfa tomirlari farq qilinadi. Odam tanasida ham teridan, teri osti yog qatlami va fassiyalardan boshlanuvchi yuza limfa kapillyarlari bor. Chuqur limfa tomirlari suyak, suyak ust pardasi, bo'g'imlar, muskullar, nervlar va qon tomirlardan kapillyarlar bilan boshlanadi. Limfaning hujayra elementlari limfotsitlar, monotsitlar va bir ozgina donali leykotsitlardan iborat. Limfa sistemasining organlarida qonning limfoid elementlari hosil bo'ladi va barer funksiyasini o'taydi, ya'ni organizmga kirib qolgan yot jism va bakteriyalarni zararsizlantiradi. Rak o'smalari limfa yo'llari orqali tarqaladi (metastaz beradi). Limfa sistemasm limfa kapillyarlari, organ ichidagi va organ ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 459.79 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:32 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 459.79 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga