Limfa tugunlari

Limfa tugunlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Limfa tugunlari - rasmi

Material tavsifi

Limfa tugunlari limfa tomirlari bo'ylab joylashib, quyidagi vazifalarni bajaradi. Limfa tugunlari T va V-limfotsitlarning ko'payish va ularning antigenga mos ravishda ixtisoslanishi kuzatiladi. Tugunlar oqib o'tayotgan to'qima suyuqligini yoki limfani barcha yot antigenlardan tozalaydi. Tugunlar limfa uchun depo bo'lib hisoblanadi. Limfa tugunlari mezenxima hujayralaridan rivojlanadi. Limfa tuguni sirtdan zich biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsula bilan qoplangan. Tugunning kesmasida to'qroq bo'yaogan po'stloq va ochroq bo'yalgan mag'iz moddalarini ajratish mumkin. Po'stloq modda asosan limfoid follikulalardan iborat. Limfa tugunlari Mag'iz modda esa mag'iz tasmalarni va ular orasida joylashgan sinuslardan tashkil topgan. Po'stloq va mag'iz moddalari orasida oraliq yoki po'stloq oldi zona tafovut qilinadi. Po'stloq modda follikulalarida tashqi o'rta va markaziy qismlari farqlanadi. Follikulalar tarkibga asoan V-limfotsitlar kiradi. Oraliq zonada T-limfotsitlar joylashadi. Mag'iz moddada mag'iz tasmalar bo'lib, ular V-limfotsitlar plazmatik hujayralar va makrofaglarpdan tashkil topgan bo'ladi. Limfa tugunda bir qancha sinuslar mavjud. Ular devori endoteliy va retikulyar hujayralardan tashkil topgan. Limfa dastlab chekka yoki kapsula osti sinusiga keyin oraliq mag'iz va markazi sinuslarga o'tadi. Tugundan o'tish davomida limfa suyuqligi yot antigenlardan tozalanadi, yangi limfotsitlar va antitelalar bilan boyitiladi. Gemolimfatik tugunlar. Ular odamda juda kam uchrab, oddiy limfa tugunlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: Ular mayda bo'ladi. Ularda follikulalar va mag'iz tasmalari yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Sinuslari keng bo'lib, o'zida ko'p miqdorda eritrotsitlarni va granulotsitlarni tutadi. Taloq bir qancha muhim vazifalarni o'taydi. Qon yaratuvchi va himoya vazifasini. Taloqda T va V limfotsitlarning ko'payishi kuzatiladi. Taloq hujayraviy va gumoral immunitetda aktiv ishtirok etadi. Taloqda yashash muddatini o'tagan eritrotsitlar va qon plastinkalari emiriladi. 3. Taloqda bir qancha biologik aktiv moddalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 296.3 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 296.3 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga