Logopedik ritmikaning vositalari

Logopedik ritmikaning vositalari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Logopedik ritmikaning vositalari - rasmi

Material tavsifi

Logopedik ritmikaning vositalari Reja: Logopedik ritmika vositalarining tavsifnomasi Turli yo'nalishlarda yurish va harbiycha yurish Muskullar tonusini tartibga soladigan mashqlar Logopedik ritmika vositalarining tavsifnomasi Logopedik ritmikaning vositalari quyidagilardir: turli yo'nalishdagi yurish va harbiylarcha yurish; nafas, ovoz va artikulyatsiyani rivojlantirish uchun mashqlar; muskullar tonusini boshqaruvchi mashqlar; diqqatni faollashtiruvchi mashqlar; hisobli mashqlar; musiqa kuzatuvisiz nutqiy mashqlar; musiqiy o'lchov yoki metr tuyg'usini shakllantiruvchi mashqlar; musiqiy temp tuyg'usini shakllantiruvchi mashqlar; ritmik mashqlar; kuylash; musiqiy asboblarda o'yin mashqlari; nutqiy buzilishi bo'lgan odamlarning mustaqil musiqiy faoliyatlari; o'yinli faoliyat, ijodiy tashabbuslarni rivojlantirish uchun mashqlar; yakuniy mashqlar. Logoritmik vositalar musiqiy tarbiya ishida o'zining maxsus xususiyatiga egalik qiladi, biroq ular asosan asabiypsixiatrik va logopedik tashkilotlarda davolash-pedagogik usul sifatida ko'rib chiqiladi. Sanab o'tilgan barcha ish turlarining qurilishida asosiy tamoyil - harakatning musiqa bilan zich aloqasidir. Musiqa uning buyuk hissiy ta'siri, ifodalovchi vositalar boyligi bilan harakat usullari va mashqlarni tuganmas turli-tuman bo'lishi imkonini beradi. Logoritmik vositalardan foydalanishning keyingi tamoyili ularga nutqiy materialni kiritish majburiyatini ko'zda tutadi. So'z o'ta turli-tuman shakllarda kiritilishi mumkin: bu qo'shiqlar matni, xorovodlar, kuylash bilan dramatizatsiya, berilgan mavzuda instsenirovkalar, harakatli o'yinlarda boshlovchining buyruqlari, sssenariy olib boruvchi (rejissyor) ning ko'rsatmalari va h.k. So'zni kiritish musiqiy ritmda emas, sheriy qurilgan harakatlarning ritmiy bo'lishiga yordamlashuvchi bir qator mashqlar yaratishga imkon beradi. Logopedik ritmika vositalarini nutqiy patologiyasi bo'lgan odamlarning mustaqil harakatli, musiqiy va nutqiy faoliyati asosida yotuvchi sekin-asta murakkablashib boradigan ritmik, logoritmik va musiqiy-ritmik mashqlar hamda topshiriqlar tizimi kabi tasavvur qilish mumkin. Turli yo'nalishlarda yurish va harbiycha yurish Logopedik ritmikaning bu vositasini V.A.Griner kirish mashqlari deb ataydi. Ular bolalarni doira bo'yicha bir o'zi, juft bo'lib va guruh bilan yurish, turli predmetlarni aylanib o'tish, ro'paradan yurish vaqtida to'qnashmaslik, berilgan yo'nalishga amal qilish, mo'ljal bo'yicha harakatlanish, yurayotganlar orasida masofani saqlash, shuning saf, chiziq, kolonna va h.k. tuzishning boshlang'ich ko'nikmasiga o'rgatadi. Bola makon va jamoada, harakatning o'ng-chap tomonli yo'nalishida, aylanishlar, elka orqaga, chehra bilan markazga harbiycha yurish va h.k. larda mo'ljal olishni o'rganadi. Harakatning makoniy tavsifnomasi dastlabki holat, harakatda vujud va uning qismlari holati, harakat traektoriyasidan iborat. Mashg'ulotning boshidan boshlab kirish mashqlari harakat va nutqning turli-tuman tempiga ko'rsatma beradi, shuning uchun bola (katta) lar diqqatini musiqaning boshqaruvchi roliga yo'naltirish lozim. Yurish har bir mashg'ulotga kiritiladi. U harakatning tabiiy ko'rinishi hisoblanadi va shu bilan birgalikda, muvofiqlashuvi bo'yicha etarlicha murakkabdir. Nutqida buzilishi bo'lgan bolalar, ayniqsa, kichik yoshda (4-5 yoshgacha) yurish paytida harakatlarni muvofiqlashtirishda orqada qolish bilinadi. Ular oyoqlarni keng qo'yadilar, ularni shiqirlatadilar, yurishda noturg'unlik, harakatlarning sekinlashishi kuzatiladi. Birinchi mashg'ulotdanoq pedagog bolalarda mustahkamlikni, oyoqlarni yon tomonga chayqalishni kamaytirgan holda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 83.47 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 83.47 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga