Lyamblioz Reja: Etiologiyasi. Epidemiologiyasi. Patogenezi. Klinikasi. Profilaktikasi. Lyamblioz-asosan najas-og'iz mexanizmi orqali yo'quvchi antroponoz protozoy kasallikdir. Lyambliylar asosan ingichka ichakning yuqori qismlarida parazitlik qiladi va ichakda so'rilish, undagi devor oldi hazm qilish jarayonining buzilishi, duodenit, enterit, enterokolit hamda ko'pgina bemorlarda oshqozon, o't ishlab chiqarish tizimi, oshqozon osti bezi tomonidan bo'ladigan ikkilamchi asoratlarga olib keladi. Etiologiyasi. Lyamblioz qo'zg'atuvchisi- Lamblia intestinalis birinchi marta 1859 yilda olim D.F.Lyamblya nomi bilan atalgan. Lyambliylar rivojlanishida 2 ta bosqich vegetativ shakli va tsista kuzatiladi. Vegetativ shakli noksimon formada bo'lib, yon tomonidan ko'rilganda qo'shtirnoqqa o'xshaydi. Vegetativ shaklining uzunligi 9-18 mkm, eni-5-10 mkm keladi. Tanasining oldingi qismidagi ventral tomonida so'ruvchisi bo'lib, bo'rtib turadi. Shu bo'rtib turgan qismi bilan ingichka ichak shilliq qavatiga kirib oladi va ichak yuzasida saqlanib turadi. Har bir trofozoyda 4 juft xivchinlari bo'ladi. Xivchinlar yordamida ular harakatlanadi. Markaziy xivchinlari harakatlanganda nasos rolini bajaradi. Lyambliyning vegetativ shakllari tashqi muhit sharoitiga chidamsiz va 5-10 minutdan keyin halok bo'ladi. Tsistalari chidamli bo'ladi. Xona haroratida 3-5 kundan 2 haftagacha saqlanadi, tuproqda-60 kun, suvda 35-80 kungacha saqlanadi. Quritilganda va yuqori haroratda halok bo'ladi. 70oCda 30-40 sekund, quritilganda 1-2 minut, qaynatilganda o'sha zahotiyoq o'ladi. Xloramin va boshqa xlor saqlovchi dezinfeksiya vositalari lyambliy tsistalariga ta'sir qilmaydi. Epidemiologiyasi. Lyamblioz invaziyasining manbai lyambliy tashib yuruvchilar va lyamblioz bilan kasallangan bemor hisoblanadi. Lyambliyning yuqish yo'li og'iz orqali lyambliy tsistalari tushgandan so'ng kelib chiqadi. Zararlangan odam najasi bilan tashqariga 1 sutkada 900 ta tsista chiqariladi. Tsistalar 2 oygacha tuproqda, 1-3 oy suvda tirik saqlanadi. Lyamblioz maishiy-muloqot yo'li va suv orqali tarqaladi. Ifloslangan qo'llar, uy jihozlari, bolalar o'yinchoqlari, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.14 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.14 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:33 ]
Arxiv ichida: doc