Maktab gigiyenasi. Bolalarda sog'lom turmush tarzi. Tibbiy pokizalik

Maktab gigiyenasi. Bolalarda sog'lom turmush tarzi. Tibbiy pokizalik

O'quvchilarga / Tibbiyot
Maktab gigiyenasi. Bolalarda sog'lom turmush tarzi. Tibbiy pokizalik - rasmi

Material tavsifi

Maktab gigiyenasi. Bolalarda sog'lom turmush tarzi. Tibbiy pokizalik. REJA: 1.Maktab yer maydoni va binosi gigiyenasi. 2.Sinf xonasining gigiyenasi. 3.O'quv stol-stul (parta)larga gigiyenik talab. 4.O'quv stol-stul (parta)larini sinf xonasida joylashtirish. 5.O'quvchilarni sinf xonasida joylashtirish. 6.O'quvchilarni o'quv stol-stul (parta)da o'tirishining gigiyenik qoidasi. 7.Maktabda haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talab. 8.O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlari gigiyenasi. 9.Bolalarda sog'lom turmush tarzi, tibbiy pokizalik tushunchalarini shakllantirish. Maktab yer maydoni va binosi gigiyenasi. Gigieyna talablariga ko'ra maktab katta savdo inshootlari, kinoteatr, katta transport qatnovi bo'lgan ko'cha, zavod, fabrika, ferma, garaj, bozor kabilarning yaqiniga joylashmasligi kerak.Bu qoidalarga amal qilish maktabni shovqindan, ortiqcha ifloslanishdan, o'quvchilar o'rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishidan, transport harakati yo'lida shikastlanishlardan himoya qiladi. Shahar va tuman markazlarida aholi yashaydigan hudud bilan maktab o'trasidagi masofa 1-1,5 km dan uzoq bo'lmasligi tavsiya etiladi. Maktab yer maydoni 1,5-3,0 gektargacha bo'lishi maqsadga muvofiq. Maktabning yer maydoni shartli ravishda 6 ta zonalarga bo'linadi: 1.Maktab binosi joylashgan zona.Bu yerning tuprog'i quruq, u atrofdagi maydonlarga nisbatan biroz balandroq bo'lishi kerak.Bu yomg'ir, qor suvlarini atrof maydonlarga oqib ketishiga, binoning zaxlamasligiga imkon beradi. 2.Dam olish zonasi - maktab binosi yonida joylashadi. Bu zonaga o'rindiqlar, suv ichadigan idishlar o'rnatiladi. 3.O'quv-tajriba zonasi -maktab binosidan chetroqda ko'kalamlashtirilgan joyga geografiya, botanika, zoologiya, fizika kabi fanlarning burchaklari tashkil etiladi. 4.Jismoniy tarbiya va sport zonasi - maktab yer maydonining markaziy qismida joylashgan bo'lib, o'rtasida futbol maydoni, atrofida yugirish yo'lagi, uning chekkasida voleybol, basketbol, tennis va boshqa sport maydonchalari joylashadi. 5.Xo'jalik zonasi-maktab binosidan kamida 25-30 metr chetroqda bo'lib, xojatxona, o'tin-ko'mir, omborxona, transport vositalari joylashadi.U pastroq devor va darvoza bilan chegaralangan bo'ladi. 6.Himoya zonasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.71 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.71 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga