Massajni turli kasalliklarda qo'llash Reja: Massaj - bu kasallikni davolash va oldini olish usulidir. Massaj qanday maqsadda qo'llanilishiga qarab quyidagi turlariga bo'linadi : Shifobahsh massaj o'tkazganda 5 ta asosiy usullar qo'llaniladi Tibbiyot amaliyotida jarrohlik, ginekologik va terapevtik kasalliklarda shifobahsh jismoniy tarbiya juda keng qo'llaniladi. Tayanch-harakat apparatining jarohati va kasalliklarida shifobahsh jismoniy tarbiyani qo'llash muhim ahamiyatga ega. Jarohatlanish ko'pincha funksiyaning buzilishi bilan kechadi, bu bemorning mehnat qobiliyatining pasayishiga yoki yo'qolishiga olib keladi. Funksiyaning buzilishi mahalliy va umumiy bo'ladi. Umumiy buzilish - asta-sekin immobilizatsiya vaqtida gemodinamikaning asosiy ko'rsatkichlari va tashqi nafas funksiyasi pasayadi, modda almashinuvi buziladi. Immobilizatsiya uzoq vaqt davom etganda afferent impulsatsiya buziladi, kompensator-moslashtiruvchi regulyator mexanizmlar ishga tushadi. Jismoniy mashqlarning sistematik muntazam qo'llanilishi ta'sirida tayanch-harakat apparatining trofikasi yaxshilanadi, mushaklarda kapillyarlar va anastamozlar miqdori ortadi. Harakat apparati jarohatlarida regenerativ jarayonlarning yaxshilanilishini motor-vistseral reflekslar mexanizmi tushuntirib beradi. Mashg'ulot vaqtida hosil bo'lgan reflekslar astasekin shartli-reflektor bog'lanish belgisi bo'yicha dinamik steriotipni shakllantiradi. Shunday qilib, faqat mashg'ulot vaqtida emas, balki undan keyin ham mushak tonusi, bo'g'imlardagi harakat, tana va qo'l-oyoq mushak kuchlarining oshishi kuzatiladi. Jarohatlanish xarakteri, shikastlanish yoki kasalliklarning patogenetik mexanizmlariga nisbatan shifobahsh jismoniy tarbiyaning harakat tartiboti aniqlanadi va davolashning umumiy va mahalliy vazifalari qo'yiladi. Shifobahsh jismoniy tarbiya tavsiya etishga qarshi ko'rsatmalar : 1.Bemorning umumiy og'ir holati. 2.Gemoragik, travmatik va og'riq shoklari. 3.Qon ketish va qon ketishga moyillik. 4.Yirik tomir va nerv yaqinida yod tanalarning bo'lishi. 5.Suyak bo'laklari repozitsiyasining yo'qligi. Qo'l-oyoq suyaklari singanida qo'yiladigan umumiy vazifalar: -yurak-qon tomir, nafas sistemalari funksiyasini, oshqozon-ichak yo'li motorikasini yaxshilash; -almashinuv jarayonlarini, jarohat sohasida qon va limfa aylanishini tezlashtirish; -o'sib boruvchi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.67 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.67 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:35 ]
Arxiv ichida: doc