Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi Reja 1. Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi. Suyuqlik muhitlarida aralashtirish. Zamonaviy intensiv texnologiyalarda keng qo'llanilib kelayotgan mavhum qaynash jarayoni asoslari, undan foydalanish usullari va gidrodinamikasi bilan talabalar tanishtiriladi. Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati barcha texnologik jarayonlarda mavhum qaynash usuli keng qo'llanilmoqda. Issiqlik almashinish, quritish, adsorbtsiyalash, absorbtsiyalash kabi jarayonlarda mavhum qaynash usulining ishlatilishi katta natijalar bermoqda. Mavhum qaynash jarayonida fazalar o'rtasidagi kontakt yuza katta bo'lishi tufayli jarayon bir necha marta tezlashadi, natijada apparatning unumdorligi oshadi. Mavhum qaynash qatlamining gidravlik qarshiligi nisbatan katta emas. Donasimon zarrachalar qatlamini hosil qilish uchun ixtiyoriy shakldagi (masalan, silindrsimon) vertikal idishga donasimon qattiq material solinadi. Material gaz tarqatuvchi to'r ustiga joylashtiriladi. Agar to'r orqali pastdan yuqoriga qaratib kichik tezlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, material qatlami o'zgarmay qoladi. Gaz oqimi tezligini asta-sekin ko'paytirib borilsa, tezlik malum qiymatga ega bo'lganda qatlamdagi materialning og'irligi oqimning gidrodinamik bosim kuchiga teng bo'lib qoladi, bunda qattiq zarrachalar gidrodinamik muvozanat holatini egallaydi va har xil yo'nalishda siljiy boshlaydi. Gaz tezligini yana oshirsak, qatlam kengayadi, zarrachalar harakatining intensivligi ortadi, bunda gidrodinamik muvozanat buzilmaydi. Bunday sharoitda qatlam mavhum qaynash holatini egallaydi, yani qatlam xuddi qaynayotgandek bo'lib ko'rinadi. Qatlamning o'zgarmas holati mavhum qaynash holatga o'tishiga to'g'ri keladigan gaz yoki suyuqlikning tezligi mavhum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlik deb yuritiladi. Agar gazning tezligini oshiraversak, tezlik malum qiymatga etganda gidrodinamik bosim kuchlari materiallarning og'irlik kuchlaridan ortib ketadi, natijada qattiq matierial donachalari gaz oqimi bilan birga chiqib ketadi. Qattiq material donachalarining gaz oqimi bilan chiqib ketish holatiga to'g'ri keladigan tezlik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
97.1 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
97.1 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:35 ]
Arxiv ichida: doc