Maydalashda ishlatiladigan mashinalar. ularni maydalash mexanizmiga qarab tasniflanishi Reja: 1 .Mashinalar haqida umumiy tushuncha. 2.Maydalash va maydalash darajasi. 3.Maydalash nazariyasi. 4.Maydalagichlar haqida tushuncha. 5.Maydalagichlarning tasnifi. 6.Tegirmonlarni maydalash mexanizmiga qarab tasniflanishi. 7.Elash. Elaklarni tavsifi. Mashina to'g'risida umumiy tushuncha. Hozirgi zamon korxona sharoitida dori ishlab chiqarish mashina ishlatishni taqozo etadi, chunki bunda ishchilar mehnati yengillashadi, tayyor mahsulot tannarxi arzonlashadi. Mashina - bu mexanizm yoki mexanizmlar majmuasi bo'lib, ma'lum maqsadga muvofiq energiya yoki ishni o'zgartirish maqsadida harakat qiladi. Mashina dvigatel, uzatuvchi mexanizm, bajaruvchi mexanizmlardan iborat. Dvigatel-mashinaning hamma qismlarini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Uzatuvchi mexanizm-bu dvigatel bilan bajaruvchi mexanizm orasidagi bog'lovchi zvenodir. Uzatuvchi mexanizm bu funksiyani bajaruvchi mexanizm vazifasiga muvofiq boshlang'ich aylanma harakatni uzatish, boshqarish orqali amalgam oshiradi. Bajaruvchi mexanizm-bu mashinani asosiy (muhim) qismi bo'lib, mehnat vositasiga bevosita ta'sir ko'rsatadi va kerakli ishni bajaradi. Dvigatel validan harakatni qabul qilib olish va ishchi mashina valiga uzatish shkivlar, qayishli (tasmali) uzatgichlar orqali amalga oshiriladi va bunda tortish kuchini hosil qiladi(tyaga). Shkiv-tashqi yuzasi silliq bo'lib, mashinani bosh valiga kiygiziladi va unga mustahkamlanadi. Shkiv ishchi mashinani shkivi bilan mustahkam qiyintirilgan tasma yordamida harakat qiladi. Ishqalanishni ko'paytirish uchun tasmalar va shkivlar yuzasi kanifol bilan ishlanadi. Tezlikning o'zgarishi shkivlar oMchovi (katta kichikligi) bilan belgilanadi. Friksion uzatma ikkita bir biriga qattiq taqilgan g'ildirakdan iborat. Bu uncha katta bo'lmagan kuchni uzatishda ishlatiladi. Kuch juda katta bo'lsa g'ildiraklar bir biriga o'tib ketib ish bajarilmay qoladi. Tishli uzatgich-bunda harakat tishli g'ildiraklar yoki tishli reykalar orqali amalga oshiriladi. Tishli uzatgichlar har xil mashinalarning tarkibiy qismi hisoblanib, keng qo'llaniladi. Chervyak (shesterna)li uzatgichlar bir biriga perpendikulyar ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.85 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.85 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:36 ]
Arxiv ichida: doc