Me'da osti bezi tuzilishi Me'da osti bezi aralash ekzokrin-endokrin bezlar qatoriga kirib, hazm fermentlari va gormonlar ishlab chiqaradi. Me'da osti bezi retroperitoneal a'zo bo'lib, bosh, tana va dum qismlardan iborat. U tashqi tomondan yupqa biriktiruvchi to'qimali kapsula bilan o'ralgan. Kapsuladan bez ichiga to'siqlar o'tib bezni bo'laklarga ajratadi. Ular orqali bez parenхimasiga qon va limfa tomirlari hamda nerv tolalari o'tadi (rasmlar). Sekretor atsinuslar bazal plastinka bilan o'ralgan, uning atrofida esa nozik retikulyar tolalar tutuvchi va kapilliyar qon tomirlarga boy biriktiruvchi to'qima yotadi. Bezning endokrin vazifasi birinchi o'rinda mayda enteroendokrin hujayralarga o'хshagan hujayralardan tashkil topgan. Ular har хil shakl va kattalikdagi to'plamlar hosil qilib insulyar orolchalar (Langergans orolchalar) deb nomlanuvchi tuzilmalarni hosil qiladi. Hazm fermentlari bezning ekzokrin qismi seroz atsinuslari orqali ishlab chiqariladi. Qaysi bir jihatdan tuzilishiga ko'ra quloq oldi bezini eslatadi. Gistologik jihatidan me'da osti bezida chiziqli nay, quloq olidi bezida esa Langergans orolchalari bo'lmasligi bilan farq qiladi. Har bir pankreatik atsinus piramidasion shaklga ega bo'lgan bir qancha serositlardan iborat bo'ladi (rasmlar). Mioepitelial hujayralar uchramaydi. Atsinar hujayralar qutblashgan bo'lib, dumaloq shakldagi yadrolari bazal qismida joylashgan. Zimogen granulalari apikal qismida to'plangan. Har bir atsinusdan qisqa kiritma naylari boshlanib, ularning devori bir qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Bu epiteliyning ba'zi hujayralari atsinus bo'shlig'iga kirib borib, sentroasinoz hujayralarni hosil qiladi. Kiritma nay hujayralari ko'p miqdorda HCO3 (bikarbonat) ionlariga boy ishqoriy suyuq sekret ishlab chiqaradi va atsinuslarda sintezlangan gidrolitik fermentlarni bo'lakcha ichi chiqaruv naylariga o'tkazadi. Bir qancha bo'lakcha ichi chiqaruv naylari yirikroq bo'lgan bo'lakchalararo naylarga ochiladi. Ular odatda bir qavatli silindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Bu ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
259.12 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
259.12 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:36 ]
Arxiv ichida: doc