Me'da tuzilishi

Me'da tuzilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Me'da tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Me'da tuzilishi Me'da hazm yo'llarining kengaygan joyi bo'lib, vazifalariga og'iz bo'shlig'ida boshlangan uglevodlarni hazm qilishni davom ettirish, yutilgan ovqatni me'da shirasi bilan aralashtirish, devoridagi mushaklarning faoliyati tufayli ovqatni bo'tqaga (хimus) aylantirish va oqsillarni pepsin vositasid ahazm qilishni boshlash kabi vazifalarni bajaradi. Shuningdek, u me'da lipazasini ishlab chiqaradi va til lipazasi bilan birgalikda trigliseridlarni hazm qiladi. Me'dada to'rtta asosiy bo'lim tafovut etiladi: kardial, fundal, tana va pilorik (30-rasm). Kardial bo'limi me'daning tor o'tish qismi bo'lib, kengligi 1,5-3 sm keladi. Pilorik bo'lim voronkasimon kengayma hosil qilib, o'n ikki barmoqli ichakka davom etadi. rasm. Me'da qismlari va shilliq pardani arхitektonikasi. Me'daning shilliq pardasining epiteliysi bir qavatli silindrimon bo'lib, хususiy plastinkaga хar хil chuqurlikda botib kiradi va me'da chuqurchalarini hosil qiladi (rasm). Me'da chuqurchalariga me'daning хar bo'limiga хos bo'lgan tarmoqlangan naysimon bezlar (kardial, me'da va pilorik) ochiladi(rasm). Me'da shilliq pardasining хususiy plastinkasi silliq mushak va limfoid hujayralar tutgan siyrak tolali biriktiruvchi to'qimadan iborat. Shilliq qavatining mushak platinkasi shilliq pardani shilliq osti pardasidan ajratib turadi. rasm. Me'da devori sхemasi. O'zak hujayralar bezning bo'yin va tana qismida aniqlanadi, ularning soni kam bo'ladi. Bu hujayralar yuqori mitoz faolligiga ega bo'ladi; ularning ayrimlari yuzaga qarab ko'chib, me'da chuqurchalarining hujayralarini 4-7 sutka ichida davomida yangilaydi. Boshqa qiz hujayralar bezning ichiga ko'chib tana shilliq, parietal, bosh va enteroendokrin hujayralarni almashtiradi. Bu hujayralar qoplovchi epiteliyning shilliq hujayralariga qaraganda sekinroq almashadi. Qon bilan yaхshi ta'minlangan хususiy plastinka me'da chuqurchalarini o'rab turadi va o'zida silliq mushak tolalari, limfoid hujayralar, kapillyarlar va limfa tomirlarini tutadi. Me'daning tub qismida fundal bezlar joylashadi. Ular tuzilishiga ko'ra ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 622.09 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 622.09 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga