Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi

Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi - rasmi

Material tavsifi

Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi Reja: Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi Me'daning o'sma kasalligi Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi-sikl bilan davom etadigan surunkali kasallik bo'lib, oshqozon va o'n ikki barmoq ichakda yara paydo bo'lishi bilan kechadi. Yoki boshqacha ta'rif berish ham mumkin. Yara kasalligi-turli-tuman klinik manzara bilan va me'da yoki o'n ikki barmoq ichak shilliq pardasida gastroduodenal zonadagi sekretor trofik jarayonlarni tartibga solib turadigan nerv-gumoral mexanizmlarning buzilishi natijasida yara hosil qilish bilan siklli kechadigan kasallikdir. Shu sababli oshqozon shirasida pepsin va xlorid kislota ko'paygani holda, undagi shilliqning himoya qilish xususiyati pasayadi va yara paydo bo'lishiga olib keladi. Bu kasallik har xil yoshda, ayniqsa, 30-40 yoshda ko'p uchraydi. Aholining 5% i shu kasallikka chalinadi. Shaharlik aholi qishloqlardagiga nisbatan ko'p, erkaklarda ayollarga nisbatan 6-7 marta ko'p uchraydi. Etiologiyasi. Kasallikning kelib chiqish sabablari ko'p bo'lganligidan (40 tagacha) bu kasallik polietiologik hisoblanadi. Bu sabablar 2 ta katta: asosiy va yordamchi guruhga bo'linadi. Asosiy sabablarga doir bir necha nazariyalar mavjud: Mexanik nazariya: qattiq, dag'al, achchiq, sho'r, yomon chaynalgan ovqatning oshqozon shilliq qavatiga mexanik ta'siri natijasida yara paydo bo'ladi. Nevrogen nazariya: ruhan charchash, o'tkir va surunkali ruhiy kechinmalar, barotravma, bosh miyaning jarohatlanishi tufayli oshqozon va o'n ikki barmoq ichak faoliyatining buzilishi natijasida yara paydo bo'ladi. Peptik nazariya: bunga, asosan, oshqozon shirasida xlorid kislota va pepsin ko'payadi, shu bilan bir qatorda, oshqozon shirasidagi shilliqning himoya qilish xususiyati kamayib, o'zo'zini hazm qilishi kuzatiladi. Infeksion nazariya, 1988- yilda aniqlangan spiralsimonbakteriya Helicobacter pylorining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 612.86 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 612.86 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga