Mehnat gigiyenasi

Mehnat gigiyenasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Mehnat gigiyenasi - rasmi

Material tavsifi

Yoshlar fiziologiyasi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Kirish Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi - gigiyenaning bir bo'limi. Mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam organizmiga ta'sirini o'rganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena me'yorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va ish o'rinlarida yaratiladigan sanitariyagigiyena sharo-itlariga bog'liq. Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, odam muskullariga, akdiy mehnatda esa asabiyruhiy tomondan zo'r keladi.Texnika rivojlanib, ishlab chiqarish jarayonlari mukammalashgan sari jismoniy mehnat o'rnini aqyaiy mehnat egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini ko'proq o'rganishga ehtiyoj tug'ildi. Ishlab chiqarishning sanitariyagigiyena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan kimyoviy moddalar, chang , shovqin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar ko'pkamligi va boshqalar tushuniladi. Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar ko'rilmasa, mana shu omillarning har biri yoki bir nechtasi birga salomatlikka ziyon yetkazadi. Mehnat gigiyenasi fanining asosiy vazifasi ham ana shu no-jo'ya ta'sirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash O'zbekiston Respublikasida umumdavlat vazifasi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati to'g'risidagi nizomga muvofiq, Mehnat gigiyenasi sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir Mehnat gigiyenasida nazorat olib borish uchun turli usullardan foydalaniladi. Shulardan asosiysi sanitariyagigiyena tekshiruvlaridir. Ob-havoga tegishli omillar; havoning ifloslanish darajasi, vibratsiya, shovqin, radioaktiv nurlarni o'lchash va boshqalar ishlarda shu metod qo'llanadi. Bundan tashqari, fiziologik, statistik hamda eksperimental tekshiruv usullari ham bor. Mehnat gigiyenasi ishlab chiqarish da odam organizmining fiziologik va biologik talablariga hammadan ko'ra ko'proq muvofiq keladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 378.15 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:37 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 378.15 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga