Meningokokkli infeksiya

Meningokokkli infeksiya

O'quvchilarga / Tibbiyot
Meningokokkli infeksiya - rasmi

Material tavsifi

Meningokokkli infeksiya Reja: Tarixiy ma'lumotlar Epidemiologiyasi O'tkir nazofaringit Meningokokkli meningit Menigokokkli meningoentsefalit Bir yoshli bolalarda meningokokk infeksiyasi Profilaktikasi KIRISh Keng tabobat amaliyotida pediatrlar kundalik ishlarida meningokokkli infeksiyasining turli ko'rinishlariga duch keladilar. Bu yuqumli kasallikni klinik belgilari serqirra bo'lgani uchun uni tashxisi doim oson bo'lavermaydi. Meningokokkli infeksiya - o'tkir infeksion kasallik bo'lib, xarakterli, klinik ko'rinishlarining turli tumanligi bilan xarakterli. Bunday kasallik nazofaringit ko'rinishidan tortib, oddiy tashuvchilik va generallashgan shakllarni yiringli meningit, meningoentsefolit, meningokokktsemiya bilan turli organ va sistemalar zararlanishi kabi klinik o'zgarishlar ko'rinishida bo'lishi mumkin. TARIXIY MA'LUMOTLAR. Kasallik birinchi marta 1805 yil epidemik tserebrospinal meningit nomi bilan malum edi. Keyinchalik kasallik nafaqat yiringli meningit ko'rinishida, balki o'ziga xos meningokokkli sepsis (meningokokktsemiya) ko'rinishida bo'lishi mumkinligi malum bo'lgan. Ohirgi o'n yillik ichida esa kasallikning barcha klinik shakllari uchun yagona «meningokokkli infeksiya» degan nom bergan. ETIOLOGIYa. Meningokokk infeksiya qo'zg'atuvchisi - meningokokk - 1887 yil A.Vekselbaum tomonidan o'rganilgan. Zamonoviy klassifikatsiya bo'yicha u Neisseria avlodiga mansub. Meningokokk - gram(-) diplokokk bo'lib, yuqori namlik, kuchsiz ishqoriy muhit (rN 7,2-7,4), 36-370S li haroratli muhitlardan (nativ oqsil tutgan) yaxshi o'sganlar. Meningokokk tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidamsiz hisoblanadilar. Odam organizmidan tashqarida 30 minutdan so'ng o'ladi. Meningokokk infeksiyasiga faqat odamlar beriluvchan bo'ladilar. Mikrob burun halqum, orqa miya suyuqligi, qon va terida ko'payadi. Meningokokk endotoksin va allergik substansiya ishlab chiqaradi. Meningokokkning alohida shtammlarining serologik xususiyatlari turli tuman. Meningokokkning bir qancha serogruppalari tafovut qilinadi: A, V, S, D, N, X, U, 29Ye va 135. Meningokokk shtammlaridan A gruppasi yuqori virulentli xususiyatiga ega. Shuningdek meningokokk - shakl hosil bo'lish xususiyatiga ega bo'lib, bu meningokokkli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.32 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.32 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga