Mikroblarga qarshi moddalar Reja: 1. Mikroblarga qarshi dori moddalar. 2. Dezinfeksiyalovchi va antiseptik preparatlar. 3. Sulfanilamid preparatlar. 4. Antibiotiklar. Mikroblarga qarshi moddalarga dezinfeksiyalovchi, antiseptik va ximioterapevtik moddalar kiradi. Ular, qullanilishiga qarab, bakteriostatik (mikrob rivojlanishini tuxtatadigan) va bakteritsid (mikrobni o'ldiradigan) ta'sir ko'rsatadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida mikpoblar o'ladi, antiseptik moddalar esa mikroorganizmlarning rivojlanishiga yul quymaydi. Ximioterapevtik moddalar ayrim mikroblarga tanlab ta'sir kursatadi va bazi yuqumli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Dezinfeksiyalovchi va antiseptik preparatlarga quyidagilar kiradi. X l o r l i o x a k (Calcium hypochlorosum). oqish, bazan kul rang yoki sarg'ish tusli, xlor xidi kelib turadigan, suvda bir oz eriydigan poroshok 0,2-5 % li eritmasi binolar, kir ypalar va boshqalarni dezinfeksiya qilish uchun qullaniladi. Quruq xlorli oxak bemor chiqindilari (balg'ami, siydigi, najasi) ni dezinfeksiya qilish uchun, shuningdek iprit va lyuizit tipidagi turgun jangovar zaharlovchi moddalarni degazatsiya qilish uchun ishlatadi. Y o d n a s t o y k a s i (Tinctura Iodum). Yodning spirtdagi 5 % li eritmasi. Xirurgiyada sirtga qo'llaniladigan antiseptik modda sifatida keng foydalaniladi. Bundan tashqari, u mahalliy ta'sir kursatib, tomirlarni kengaytiradi va yallig'lanish manbalarining surilib ketishiga yordam beradi. Bir oz kuydiradigan ta'sir etishi sababli kapillyardan qon ketganda qon tuxtatuvchi modda sifatida xam qullaniladi. Operatsiya qilinadigan joylar, teridagi jarohatlarning chekkalari, og'riyotgan bugimlar, terining kutir, temiratki va boshqa parazit kasalliklardan zararlangan joylariga surtiladi. D i o ts i d (Diocidum). Suvda eriydigan ok poroshok. Turli bakteriyalarga nisbatan kuchli bakteritsid. Diotsid sterillovchi vosita sifatida operatsiya oldidan xirurg kulini yuvish, 1:500 nisbatdagi eritmasi bazi apparat (sun'iy kon aylanish apparati) va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.22 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.22 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:40 ]
Arxiv ichida: doc