Mineralizatni kasrli usulda aniqlashda halaqit beruvchi ionlarni niqoblash. Zaharli metall kationlarini mineralizatdan aniqlash

Mineralizatni kasrli usulda aniqlashda halaqit beruvchi ionlarni niqoblash. Zaharli metall kationlarini mineralizatdan aniqlash

O'quvchilarga / Tibbiyot
Mineralizatni kasrli usulda aniqlashda halaqit beruvchi ionlarni niqoblash. Zaharli metall kationlarini mineralizatdan aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Mineralizatni kasrli usulda aniqlashda halaqit beruvchi ionlarni niqoblash. Zaharli metall kationlarini mineralizatdan aniqlash Reja: Bariy Qo'rg'oshin Marganets Xrom Tahlilning tizimli (sistematik) usuli mineralizatda metall kationlarini ayrim analitik guruhlarga va guruhlardan guruhchalarga bo'lish, guruhchalardan kationlarni umumiy cho'ktiruvchi va erituvchi reaktivlar yordamida ajratib olinib aniqlashga asoslangan. Mazkur usul qo'llanilganda biologik obyektlarni nisbatan ko'p miqdorda olinadi va metall kationlarini ajratib olib, malum ketma-ketlikda zarur analitik kimyo usullariga asoslanib aniqlanadi. Tizimli usul ko'p yillar davomida sud kimyo laboratoriyalarida asosiy tahlil usuli bo'lib qo'llanilib kelindi. Usul qator kamchiliklarga ega edi. Jumladan, ionlarni bir-biridan ajratishda uzoq vaqt talab etadi. Bundan tashqari cho'ktirish, eritish, filtrlash kabi ayrim jarayonlarning ko'pligi va ionlarning bir qismi cho'ktirish jarayonida ham yo'qolishi mumkin. Kasrli usul. Analitik kimyoda qo'llaniladigan kasrli usulning asoschisi bo'lib, N.A. Tan'anaev hisoblanadi. Hozirda sud kimyo laboratoriyalarida metall kationlarini aniqlashda kasrli usul keng qo'llaniladi. Mazkur usulni ishlab chiqishda A.N.Krilova va uning hamkasblari katta xizmat ko'rsatganlar hamda kimyo-toksikologik amaliyotga tatbiq etganlar. Kasrli usul tekshiriluvchi zaharli kationlarni kam miqdorda olingan mineralizat tarkibida malum ketma-ketlikda aniqlanadi. Kasrli usulda o'ziga xos va sezgir reaksiyalar yordamida kationlari mineralizatdan ekstraksiyalash va reekstraksiyalash usullari bilan ajratib olish va aniqlashga asoslangan. Ko'p hollarda boshqa halaqit beruvchi kationlar ta'sirini yo'qotish maqsadida kompleks birikmalar hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini qo'llash, rN-sharoitlarini o'zgartirish kabi turli va qulay usullar qo'llaniladi. Ammo buning uchun har doim ham zarur reaktivlarni tanlash imkoniyati bo'lavermaydi. Shuning uchun xalaqit beruvchi ionlarning ta'sirini yo'qotish yoki niqoblash usulidan foydalaniladi. Kasrli usul yordamida ionlarni aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Avval halal beruvchi ionning ta'siri maxsus reaktivlar yoki ularning aralashmasi yordamida niqoblanadi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 214.5 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 214.5 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga