Modda almashinish apparatlari

Modda almashinish apparatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Modda almashinish apparatlari - rasmi

Material tavsifi

Modda almashinish apparatlari Reja 1. Modda o'tkazish jarayonlarini intensivlash. 2. Modda almashinish apparatlarining o'lchamlarini aniqlash. a) Apparatning balandligi. b) Apparatning ish xajmi. Modda o'tkazish jarayonlarini intensivlash Modda almashinish protsesslarini intensivlash tegishli apparatning ish hajmi birligiga nisbatan olingan bir qator kattaliklarga borliH, yani tayyor mahsulot ishlab chiqarishning ko'payishi, yoqilHi, bur, xom ashyo va energiya sarflarining kamayishi, apparatni tayyorlash uchun sarflanadigan metallning miqdori va hokazo. Bundan tashqari, intensivlash samaradorligini aniqlashda kontrol-o'lchov priborlari va avtomatlashtirish uchun ketgan sarflar, apparatning murakkabligi va uning qismlarini tayyorlash imkoniyatlari, apparatni ishlatish va uni boshqarish uchun zarur ishchi kuchiga bo'lgan sarflar hisobga olinadi. Modda almashinish apparatlarining ishini intensivlash uchun ularda ketadigan proqesslarning fizik mohiyatini chuqur o'rganish kerak. Modda o'tkazishning asosiy tenglamasi ga ko'ra, bir fazadan ikkinchi fazaga o'tgan moddaning miqdori fazalarning to'qnashuv yuzasi F ga, modda o'tkazish koeffitsiyenta K ga va harakatlantiruvchi kuch As ga to'g'ri proportsional boHlangan. Shu sababli har bir konkret sharoit uchun jarayonni intensivlashning tegishli usulini ishlatgan maqsadga muvofiqdir. Modda almashinish jarayonlarini intensivlashda fazalarning kontakt yuzasini ko'paytirish katta ahamiyatga ega. Qattiq fazali sistemalar (adsorbtsiya, desorbtsiya, quritish, ekstraksiyalash, eritish) dagi fazalarning kontakt yuzasini ko'paytirish uchun qattiq zarrachalarni maydalash kerak. Qattiq zarrachalarning o'lchami kichrayishi bilan jarayonning tezligi ko'payadi. Biroq zarrachaning o'lchamini juda ham kichraytirib yuborish yaramaydi, chunki bunda apparat ichidagi gidravlik qarshilik ortib ketib, suyuqlik fazada kattiq modda zarrachalarining kontsentratsiyasi ko'payadi (natijada suyuqlik fazani filtrlash qiyinlashadi). Konkret texnologik jarayon uchun qattiq zarrachaning optimal o'lchamlari tajriba yo'li bilan topiladi. Suyuqlik-suyuqlik sistemasi uchun jarayonlar (masalan, suyuqliklarni ekstraksiyalash) ning kontakt yuzasini ko'paytirishda fazalarning birortasi mayda zarrachalarga ajratiladi. Suyuqlik-gaz (bug') sistemalaridagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.76 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.76 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga