Moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari (Raxit, spazmofiliya, gipotrofiya, ekssudativ diatez). Allergiya. Terining zamburug''li va qichima kasalliklari. Gelmintozlar. REJA: 1.Moddalar almashinuvi kasalliklari: - raxit; - spazmofiliya; - gipotrofiya; - ekssudativ diatez. 2.Allergiya. 3.Terining zamburug''li kasalliklari. 4.Terining qichima (qo'tir) kasalligi. 5.Gelmintozlar. Moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari. Bola organizmida oqsil, yog', uglevod, mineral tuzlar, vita'minlar almashinuvi buzilishi tufayli bir qator kasalliklar va kasallikka yaqin holatlar yuzaga kelishi mumkin.Shulardan eng ko'p uchraydiganlari quyidagilar: raxit, spazmofiliya, gipotrofiya, ekssudativ diatez. Raxit - organizmda vitamin D yetishmasligi tufayli kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Sababi.Onaning homiladorlik davrida ovqat ratsionining buzilishi, bolaning chala tug'ilishi, sun'iy ovqatlantirish, quyosh nuridan to'liq foydalanmaslik va hokazo. Belgilari. Kasallikning ilk belgilari bola 1-2 oylik bo'lganda, chala tug'ilgan bolalarda 2-3 haftalik davridayoq paydo bo'la boshlaydi. Bola bezovtalanadi, uyqusi notinch, injiq bo'lib qoladi, ko'p terlaydi. Boshini yostiqqa ishqalashi tufayli, ensa sohasidagi sochlari to'qiladi. Tishlarining chiqishi kechikadi. Odatda sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlashi kerak: 1 yoshlik bolada 8 ta, 2 yoshda 20 ta sut tishi bo'lishi kerak. Raxit bo'lgan bolaning bosh suyaklarining shakli o'zgaradi. Pesxonasi do'ng, tepa suyaklari bo'rtib chiqadi, ensa sohasi yassilanadi, liqildoqlarning bitishi kechikadi. Sog'lom bolada kichik liqildoqlar 2-3 oylikda, katta liqildoq 1 yoshda suyaqlanib bitadi. Suyaklar yumshashi tufayli ko'krak qafasi, umurtqa pog'onasi, oyoq-chanoq suyaklarida egrilanishlar yuzaga keladi. O'z vaqtida davolanmasa, suyaklardagi egrilanishlar doimiy bo'lib qolishi mumkin. Qovurg'alarning suyak va tog'aysimon qismi birlashgan joyda bo'rtiqlar paydo bo'ladi («raxit tasbehlari»), ko'krak qafasi yon tomonlari botiq bo'lib qoladi, old tomoni to'sh suyagi bilan birgalikda tovuq ko'kragiga o'xshab bo'rtib chiqadi, yoki aksincha ichiga botadi (yapaloqlashadi). ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.07 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.07 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:43 ]
Arxiv ichida: doc