Moddalar va energiya almashinuvi fiziologiyasi

Moddalar va energiya almashinuvi fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Moddalar va energiya almashinuvi fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Moddalar va energiya almashinuvi fiziologiyasi Reja: Organizm va tashqi muhit. Gomeostaz. Orgpanizmda moddalar almashinuvi. Oqsillar almashinuvi. Azot muvozanati. Oqsillarning biologik qiymati. Organizm va tashqi muhit. Har qanday organizm yashash uchun muayyan sharoitga muhtoj. Muayyan turdagi organizm o'zining evolyutsion rivojlanish yo'lida qaysi hayot muhitiga moslashgan bo'lsa, o'sha muhit hayot sharoitini o'ziga muhayyo qilib beradi. Organizm moddiy va energetik sarflarini to'ldiradigan oziqani olishi uchun tashqi muhit imkoniyat bergandagina va organizm o'zi uchun zarur suvli yoki havoli muhitda yashab, malum harorat, barometrik bosim, yorug'lik intensivligi va spektri va shu kabilar mavjud bo'lgandagina organizmning funksiyalari mo'tadil ravishda ro'yobga chiqishi mumkin. Turli organizmlarning sanab o'tilgan tashqi muhit omillariga moslashish shakllari va muhit bilan o'zaro munosabatlari g'oyat turlichadir. Masalan, hayvon organizmlari organik oziq moddalarga muhtoj bo'ladi va anorganik moddalardan murakkab organik birikmalarni sintezlay olmaydi. Yashil o'simliklar esa, aksincha fotosintez davomida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlay oladi. hayvon va o'simlik organizmlarning tashqi muhitga munosabatidagi shu tafovut borligidan, tirik tabiatda moddalar aylanib turadi. O'simlik organizmlari ildizlari orqali tuproqdan anorganik azotli birikmalardan (ammiak, selitra) ni olib, azotli oqsil moddalarni sintezlaydi. hayvon organizmlari esa anorganik azotli birikmalaridan oqsillarni sintezlay olmaydi. hayvon hujayralarida oqsillar faqat ovqat bilan olinadigan aminokislotalardan yaratiladi. Hayot faoliyati jarayonida dezominlanish va dekarboqsillanish natijasida aminokislotalar doimiy ravishda parchalanib, oddiyroq azotli birikmalar (ammiak, mochevina va b.) hosil bo'lib turadi. o'simliklar va bazi mikroorganizmlar oqsil birikmalarini sintezlash uchun o'sha oddiyroq azotli birikmalardan foydalanadi. Ko'pchilik hayvonlarning hujayralari aeroblardir, yani ular oziq moddalarning suv va karbonat angidridgacha oksidlanishi uchun zarur bo'lgan molekulyar kislorodga muhtoj bo'ladi, bu gaz organizmga tashqi muhitdan kirib turadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.7 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.7 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga