Movarounnahr tibbiyotida mikroskop kashf qilinguncha qadar bo'lgan davrda gistologiya fanining shakllanishi

Movarounnahr tibbiyotida mikroskop kashf qilinguncha qadar bo'lgan davrda gistologiya fanining shakllanishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Movarounnahr tibbiyotida mikroskop kashf qilinguncha qadar bo'lgan davrda gistologiya fanining shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

Movarounnahr tibbiyotida mikroskop kashf qilinguncha qadar bo'lgan davrda gistologiya fanining shakllanishi (X-XIX asrlar) O'rta asrlarda Movarounnahar hududida yashagan yirik tibbiyot allomalar ilmiy merosida to'qimalar haqidagi tibbiy fikrlar va kasalliklarni o'rganishdagi zaminiy ilmiy mulohozalar Movarounnahrda ilmiy tibbiyotning eng rivojlangan davri XXII asrlarga to'g'ri keladi. Bu davrda o'lkamizda mashhur tibbiyot olimlaridan Abu Ali ibn Sino, Abu Abdulloh Iloqiy, Ismoil Jurjoniy, Mahmud ibn Umar Chag'miniy, Najbuddin Samarqandiy va boshqa tibbiyot mutafakkirlari yashab, birgina amaliy tibbiyotni emas balki nazariy tibbiyot bilan shug'ullanib katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Malumki, tibbiyot fanining nazariy qismi inson organizmining tuzilishi, undagi ayrim azo va tizimlarning vazifasini, ularning turli kasallik holatlardagi o'zgarishi va bu holatlarning umumiy sabablari kabi bir qancha masalalarni ko'rib chiqadi. Gistologiya fani ham shu nazariyaning bir qismi hisoblanadi. 1990 yilda A.A. Qodirovning yozishicha, «Ibn Sinoning asosiy xizmati shundaki, u o'z faoliyati va asarlarida O'rta Osiyo hududida rivojlangan amaliy va nazariy tibbiyotni umumlashtirdi, uni boshqa qo'shni Sharq mamlakatlari tibbiyoti yutuqlari bilan boyitib bir butun sistemaga keltirdi». Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarining I-kitobi tabobatning zaminiy nazariy masalalariga bag'ishlanib, kitobda tibbiyotning asosi bo'lgan odam anatomiyasi, fiziologiyasi o'z aksini topgan. Aslida gistologiya fani shu ikki fan oraligida kelib chiqqan, desa bo'ladi. Abu Ali ibn Sino odam suyak va mushaklaridan tashqari, hatto o'sha davr uchun eng murakkab bo'lgan nerv gistologiyasi haqida, yani nervlarning tuzilishi va vazifalarini ham o'z asarlarida yoritib bergan. Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, asablarning boshlanish o'rinlari miya bo'lib, taralib tamom bo'lish joylari teridir.Chunki teri bo'ylab nozik tolalar va unga yaqin yotuvchi a'zolardan chiqqan asablar tarqaladi. Ibn Sino orqa miya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.42 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.42 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga