Moyli ekstraktlar tavsifi va texnologiyasi

Moyli ekstraktlar tavsifi va texnologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Moyli ekstraktlar tavsifi va texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Moyli ekstraktlar tavsifi va texnologiyasi Reja 1. Moyli ekstraktlar tasnifi va tavsifi. 2. Moyli ekstraktlar olish usullari. 3. Moyli ekstraktlarni standartlash. Moyli ekstraktlar deb, dorivor o'simliklardan moylar yordamida olingan ajratmalarga aytiladi. o'simlik xom ashyosidai ta'sir etuvchn moddalarni ajratib olish uchun o'simlik va mineral moylar (kungaboqar, paxta moyi, vazelin, yer yong'oq moyi va boshqalar) ishlatiladi. Sanoatda moyli ekstraktlar ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash; ajratma olish; yot moddalardan tozalash; baholash va qadoqlash. Ularni tayyorlashda matseratsiya, reperkolyatsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Moyli ekstraktlar issiq holda bosim ostida, qalin jun matolar orqali so'ziladi. Ular tashqi ko'rinishi va ta'sir etuvchi modda miqdori bilan baholanadi. Moyli ekstraktlar tashqi maqsadlar uchun ishlatiladi. Moyli ekstraktlarning soni uncha ko'p bo'lmasda, ularga mingdevona, bangidevona, qashqarbeda o'ti va gnafalium moyli ekstraktlari, karotolin va boshqalar kiradi. Mingdevona moyli ekstrakti. Bu ekstrakt tarkibida 0,05% alkaloid bo'lgan mingdevona bargidan, kunga-botqar moyidan 3 xil usulda olinishi mumkin. 1. Matseratsiya usuli. Sirlangan (emal bilan qoplangan) cho'yan idishda 100 kism yirik maydalangan mingdevona bargini 75 qism 95% li spirt va 3 qism ammiak bilan namlab, xona haroratida qoldiriladi (12 soat) Aralashma ikki qavat devorli maxsus qozonga o'tkazilib, ustiga 100 qism kungaboqar moyi va 50 qism quritilgan natriy sulfat solib, 50-60°S haroratda spirt, ammiak va suv to'liq bug'languncha aralashtirib turiladi. Spirt, ammiak va suv to'liq, bug'langanda aralashma tiniq bo'lib koladi va barg barmoq orasiga olib ezilganda, qirsirllaydi. So'ng ajratma quyib olinadi, ikki kun tindirib, so'ziladi va moy bilan 1:10 nisbatigacha etkaziladi. 2. Sankt-Peterburg «Oktyabr» kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish birlashmasida maydalangan mingdevona bargidan 1% li ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.51 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.51 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga