Mushak tizimi fiziologiyasi

Mushak tizimi fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Mushak tizimi fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Mushak tizimi fiziologiyasi Reja: Ko'ndalang - targ'il mushaklar. Mushaklarning tuzilishi va asosiy vazifasi. Mushak qisqarishining zamonaviy nazariyasi. Asab-mushak sinapsi. Silliq mushaklar. Asosiy morfologik va funksional xossalari. Ko'ndalang-targ'il mushaklar. Bu mushaklar 3 asosiy xossaga: 1) qo'zg'aluvchanlikka, yani membranani ionlar uchun o'tkazuvchanligini o'zgartirib, ta'sirotga harakat poten-tsialini vujudga keltirish bilan javob berish qobiliyatiga; 2) o'tkazuvchanlikka, yani harakat potentsialini tola bo'ylab tarqatish qobiliyatiga va 3) qisqaruvchanlikka, yani qo'zg'alish natijasida kaltalanish yoki o'z tarangligini o'zgartirish kabi hossalarga ega. Mushak tolalarining qo'zg'aluvchanligini asab tola-larinikiga nisbatan ancha past. Bu mushak tolasi membranasi tinchlik potentsialining miqdori asab tolasi-nikidan ko'proq bo'lishiga bog'liq (mushakda - 90mV). Ammo ikkala membrananing depolyarizatsiyalanish kritik darajasi bir xilda - 50mV. Demak, asab tolasini qo'zg'atish uchun uning membranasini 20mV ga depolyarizatsiyalash kifoya qilsa, mushak tolasida harakat potentsialini paydo qilish uchun uning membranasini 40mV ga depolyarizatsiyalash kerak. Shuning uchun mushak tolasini qo'zg'atadigan elektr tokining bo'sag'a kuchi, asab tolasini qo'zg'atadigan bo'sag'adan ko'p. Mushak tolalarida harakat potentsialining amplitudasi 120 - 130mV ni tashkil qiladi. Uning davomi tez mushak-larda taxminan 2ms ga, sekin mushaklarda - 2 - 3ms larga teng. Boshlangan nuqtadan bu potentsial tola bo'ylab ikki tomonga 3 - 5 ms tezlikda o'tkaziladi. Asab orqali etib kelgan impuls mushak tolalarida harakat potentsiali hosil qiladi, bu potentsial tarqalib, qisqarishni taminlovchi mexanizmlarni ishga soladi. Asab - mushak preparatida mushak qisqarishi uchun mavjud sharoitga qarab izometrik va izotonik qisqarishlar tafovut qilinadi. Mushak qisqargan vaqtda uning tolalari kaltalashsa; ammo tarangligi deyarli o'zgarmasa, izotonik qisqarish, mushak qo'zg'alib, qisqarganda tolalari kaltalanishiga sharoit bo'lmasa, masalan mushakning ikki uchi qimirlamaydigan qilib bog'langan bo'lsa, qisqarish vaqtida tolalarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga