Muskullar tizimi

Muskullar tizimi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Muskullar tizimi - rasmi

Material tavsifi

Muskullar tizimi Reja: 1. Muskul (mushak)larning xillari. 2. Mushaklar taraqqiyoti. 3. Silliq muskul to'qimasi. 4. Ko'ndalang targ'il muskul to'qimasi. 5. Muskul to'qimasining regeneratsiyasi. 6. Muskullarning charchashi. Adabiyotlar. Mushak to'qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini ta'minlaydi. Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funksiyasiga moslashgan, ya'ni ularning shakli cho'ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir. Тuzilishi va bajarayotgan funksiyasiga ko'ra silliq, ko'ndalang - targ'il, yurak mushagi va ba'zi a'zolarda uchrovchi maxsus muskul to'qimasi farq qilinadi. Maxsus mushak to'qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifalariga ko'ra turlichadir. MUSHAKLAR TARAQQIYOTI Mushaklar embrionning o'rta - mezoderma qavatidan rivojlanadi. Embrion rivojlanishining 4-5 haftalarida mezodermadan dermatom qavat ajraydi va qolgan qismiga somitlar deyiladi. Somitlar ham sklerotom va miotom qavatlarga ajraladi. Sklerotomdan skelet suyaklari taraqqiy etsa, miotom­lardan ko'ndalang-targ'il mushaklar rivojlanadi. Miotomlar myosepta to'sig'i vositasida segmentar bo'laklarga boiinadi. Embrionning bo'yin qismida 8 juft, ko'krak qismida 12 juft, bel sohasida 5 juft, dumg'aza sohasida 5 juft va dum sohasida juft miotomlar joylashgan. Embrion taraqqiyotida dum miotomlari reduksiyaga uchraydi. Qolgan har bir miotom ventral va dorzal bo'limlarga ajraladi. Tanadagi miotomlardan tashqari, embrionning kalla sohasida uchta ensa hamda quloq oldi miotomi va beshta visseral ravoq miotomlari bo'ladi. Umurtqa pog'onasi atrojidagi miotomlardan bo'yin, ko'krak, orqa, qorin, qo'l va oyoq mushaklari taraqqiy qiladi. Uchta ensa miotomidan til va til osti sohasidagi mushaklar rivojlanadi. Birinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasini harakatga kelliruvchi ko'pchilik mushak­lar rivojlanadi. Ikkinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining yuqorigi qiyshiq mushagi -m. trochlearis rivojlanadi. Uchinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining lateral to'g'ri mushagi - m. rectus oculi lateralis rivojlanadi. Birinchi visseral ravoq mandibular ravoq deyilib, quyidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.3 MB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:46 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.3 MB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga