Nafas a'zolari fiziologiyasi

Nafas a'zolari fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nafas a'zolari fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Nafas a'zolari fiziologiyasi Reja: Nafas olish mexanizmi. havo yo'llari. O'pka ventilyatsiyasi va sig'imlari. O'pkada gazlar almashinuvi va diffuziyasi. Qonning kislorod va korbonat angidridlarni tashishlari. Nafas markazi. Nafas olish mexanizmi. Organizm hujayralariga uzluksiz ravishda kislorod yetkazib berib, ularda hosil bo'lgan korbonat angidridni chiqarib turish kerak. Bu nafasning mohiyati hisoblanadi. Inson va hayvonlarning hujayralari atmosfera havosidan bevosita kislorod olib, karbonat angidrid ajrata olmaydi. Bu jarayon nafas a'zolari va qon faoliyati tufayli yuzaga chiqadi. Kislorodning to'qimaga etkazilishi: 1) atmosfera havosining o'pka avleolalariga nafas yo'llari orqali etkazilishi; 2) kislorodning alveoladagi havodan o'pka kapillyarlaridagi qonga diffuziyalanib o'tishi; 3) kislorodni qon tarkibida to'qima kapillyarlariga etkazilishi; 4) kislorodni bu kapillyardan to'qimaga diffuziya yo'li bilan o'tishi orqali amalga oshiriladi. Karbonat angidridni chiqarib tashlash ham shu to'rt bosqichda bo'ladi. Ammo bosqichlar tartibi aksincha bo'ladi. Bu bosqichlar uzluksiz ravishda va ayni bir vaqtda sodir bo'ladi. O'pka alveolalari bilan tashqi muhit o'rtasida havo almashinishi tashqi nafas deb ataladi.Uni ko'krak qafasining bir me'yordagi harakatlari yuzaga chiqaradi. Nafas harakatlari ikki bosqichdan: 1) nafas olish - inspiratsiya va 2) nafas chiqarish - ekspiratsiyadan iborat. Nafas olinganda kislorodga boy atmosfera havosi alveolalarga kiradi, nafas chiqarganda esa karbonat angidridga boy havo tashqariga chiqadi. Nafas olib, nafas chiqarishdagi havo harakatlari ko'krak qafasi xajmining oldin kattalashib, keyin kichiklashishiga bog'liq. havo yo'llari. Nafasga olingan havoning tozalanishi burun bo'shlig'idan boshlanadi. Shilliq pardani qoplagan shilimshiq kichik zarrachalarni, bakteriyalarni o'ziga yopishtirib, tutib qoladi. Nafas yo'llarini qoplagan epitelail hujayralarning apikal yuzasida ritmik harakat qiluvchi kiprikchalar bor. Ularning harakati sababli shilimshiqqa yopishgan chang zarachalari bilan halqum tomonga suriladi va tashqariga chiqarib tashlanadi. Nafas yo'llariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.77 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.77 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga