Nafas olish a'zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi. Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1. O'pka alveolalari va tashqi muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2. O'pka alveolalari va o'pkaning kapillyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish).Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kisJorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog' va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to'qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo'zg'alish, harakatlanish, ko'payish) ana shu energiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar nati¬jasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to'qimalardan qonga o'tib, o'pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi. Nafas olish a'zolarining tuzilishi Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi (1-rasm). Burun bo'shlig'i. Burun bo'shlig'i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo'shlig'i o'rtasidan ikkiga bo'lingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib, ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga boy. 1-rasm. Nafas a'zolarining tuzilisbi. 1- burun bo'shlig'i; 2- halqum; 3- hiqildoq; 4- kekirdak (traxeya); 5¬bronxlar; 6- bronxiolalar (mayda bronxlar); 7- alveola pufakchalari; 8- alveola bo'shlig'i; 9- alveolalar atrolini o'rab turgan mayda kapillyar qon tomirlar; 10- plevra pardasi; 11- diafragma. riga boy. Burun bo'shlig'ining oldingi qismida mayda tukchalar ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
199.52 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
199.52 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:46 ]
Arxiv ichida: docx