Nafas olish mexanizmlari Mavzu rejasi: 1. Pentozofosfat halqasi. 2. Nafas olish energetikasi. 3. Nafas olish mexanizmlari. Tayanch iboralar: pentozafosfat yul, oksidativ fosforlanish, nafas olish zanjiri, xemiosmotik nazariya. Muammoli savol: Pentozafosfat sikli nima? Uglevodlarning glikolitik yul bilan piruvat kislota hosil qilib oksidlanishi, ularning parchalanishidagi asosiy yul hisoblanadi. Shu bilan birga tirik organizmlarda, jumladan, yuksak o'simliklarda xam geksozalarning yana bir muhim yul bilan oksidlanishi aniklandi. Bu yul 30 - 40 yillarda V.A. Engelgerdt va chel el olimlari O. Varburg, F.Lipman, F.Dikkenslar tomonidan kashf etilgan bo'lib, kupincha uglevodlarning bevosita oksidlanishi yoki fosfoglyukonat yul deb xam ataladi. Pentozafosfat siklida xam, xuddi glikolizga uxshab, oksidlanuvchi birlamchi mahsulot glyukoza-6-fosfat hisoblanadi. Birok bu siklda u fruktoza-6-fosfatga aylanmaydi va ikkinchi marta ATF yordamida fosforlanmaydi. Shu sababli glyukoza-b-fosfat bevosita oksidlanish yo'li bilan parchalanadi. Karbon suvlar pentozafosfat yo'li orqali xam parchalanishi bir kator tadqiqotlar tomonidan tasdiklangan bo'lib, bu jarayon 10 - 12 ta reaksiyadan iborat. Reaksiyalar natijasida: 1) karbon suvlar tuplangan energiya ajralib chikadi. 2) bir kator oralik moddalar hosil bo'ladi. Jarayonning asosiy reaksiyasi kuydagicha kechadi: Glyukoza-6 fosfat + 2NADF- pentozafosfat + SO2 + 2NADFN2 Demak 1 mol SO2 ajralganda energiyaga boy bo'lgan 2 mol NADFN2 hosil bular ekan. Agar pentozafosfat sikliga olti molekula glyukoza-6-fosfat kirsa, shundan fakat bir molekulasi tulik ravishda karbonat angidridgacha parchalanadi. Kolgan turttasi shaqlan uzgargan holda, yani fruktoza-6-fosfat sifatida sikldan chikadi. Undan tashqari, 2 molekula triozafosfat xam hosil bo'lib, ular xam keyinchalik fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Bir molekula glyukozaii tulik parchalanishi uchun yuqoridagi reaksiya 6 marta qaytarilishi kerak. Bunda: 2 NADF N2x 6 = 12 NADF N2 x ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.92 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.92 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:47 ]
Arxiv ichida: doc