Nafas olish organlari fiziologiyasi

Nafas olish organlari fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nafas olish organlari fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Nafas olish organlari fiziologiyasi Nafas olish organlarining umimiy tavsifi Nafas olish va chiqarish Gazlar almashinuvi Nafas olish faoliyatining boshqarilishi NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI Nafasning ahamiyati. Nafas olish - bu organizm va uni o'rab turuvchi atrof-muhit orasidagi gazlarning tinimsiz almashinuvidir. Organizmda tinimsiz ravishda oksidlanish jarayoni bajariladi. Atrof-muhitdan tushayotgan kislorod hujayralarga yetkazib beriladi va u yerda sitoplazma tarkibiga kiruvchi yuqori molekulyar organik moddalardan ajraladigan uglerod va vodorod bilan birikadi. Organizmdan chiqarilishi kerak bo'lgan o'zgarishlarning oxirgi mahsulotlari - karbonat angidrid gazi, suv va boshqa birikmalar organizmga tushgan kislorodning katta miqdorini o'zlarida saqlaydi. Kislorodning kam qismi esa hujayra sitoplazmasi tarkibiga kiradi. Kislorod organizmni faoliyati uchun zarur bo'lgan energiyani ajratuvchi bioximiyaviy jarayonlarning asosi hisoblanuvchi oksidlanish jarayonini ta'min etadi. Shu sababli uning to'qimalarini kislorod bilan yetarlicha ta'minlamasdan organizm hayotini tasavvur qilish mumkin emas. Hayvon qanchalik murakkab darajada tuzilishga ega bo'lsa, u kislorod taqchilligini shunchalik qiyin yengadi. Yuqori darajada rivojlangan hayvonlar, ayniqsa odamlar oksidlanish jarayonlari to'xtashi bilan bir necha daqiqa ichida o'ladi. Nafas olish tiplarining evolyutsiyasi. Bir hujayrali organizmlarda - diffuzli nafas olish mavjud - ya'ni gazlarning to'g'ridan-to'g'ri hujayra po'stlog'i orqali o'tishidir. Quyi tabaqali ko'p hujayralilarda, masalan chuvalchanglarda, quyi hasharotlarda gazlarning almashinuvi tana yuzasidagi hujayralar orqali bajariladi (teri orqali nafas olish). Teri orqali nafas olish maxsus nafas organlari mavjud bo'lgan quyi tabaqali umurtqalilarda (baliqlar, amfibiya, sudralib yuruvchilarda) katta rol o'ynaydi. Bu organlar yashash sharoitiga qarab rivojlangan bo'ladi. Suvli nafas organlari bo'lib turli tuzilishga ega jabralar hisoblanadi (jabralar bilan nafas olish), havoli nafas olish organlari bo'lib - kekirdak va o'pka (kekirdakli, o'pkali nafas olish) hisoblanadi. Barcha baliqlarda jabrali nafas ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 666.77 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 666.77 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga