Nafas olish organlari va ovoz apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi

Nafas olish organlari va ovoz apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nafas olish organlari va ovoz apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi - rasmi

Material tavsifi

Nafas olish organlari va ovoz apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi Reja: Nafas olishning ahamiyati. Gazlar almashinuvi mexanizmi. Nafas olish organlarining tuzilishi: A) Burun bo'shligi va uning funksiyasi. B) Hiqildok tuzilishi va bolaning rivojlanishi jarayonidagi o'zgarishlar. V) Traxeya, uning tuzilishi va funksiyasi. G) Bronxlar va o'pkada gazlar almashinuvi. O'pka hujaylari alviollalarda gazlar almashinuvining yosh xususiyatlari. Nafas olishning boshqarilishi. Nafas olish gigiyenasi. Tirik organizm nafas olish jarayoni tufayli, Atrof muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrit gaz va suvi parlarini tashqariga chiqarib turadi. Odam organizmida sodir bo'ladigan oksidanish jarayonlarining asosiy qismi kislorod ishtirokida yuzaga keladi. Shuning uchun hayotning davomiyligi, organizmga doimo kislorod kirib turishi bilan bog'liqdir. Parchalanish jarayonlarining mahsuloti karbonat angidriddir, u jarayonlarning davom etishi uchun tashqariga chiqib turishi shart. Ana shu jarayonni nafas olish organlari yuzaga keltiradi. Kislorodni o'pkadan to'qimalarga, karbonat angidridni to'qimalardan o'pkaga qon tashib beradi. Shunday qilib, organizmda gazlar almashinuvi uchta jarayondan iborat: tashqi nafas yoki o'pka nafasi - organizm bilan tevarak muhit o'rtasida o'pka orqali gazlar almashinuvi. Ichki nafas yoki to'kimalar nafasi - ho'jayralarda ro'y beradigan jarayonlarni o'z ichiga oladi. Qonnig gazlarning tashishi, ya'ni qon orqali o'pkada to'qimalarga kislorod va to'kimalardan o'pkaga karbonat angidrid yetkazib berilish. Odam nafas olganda havo burunga, so'ngra burun halqumiga, hiqildokga, traxeyaga, bronxlarga, bronxiollalarga va nihoyat alviollarga kiradi. Burun bo'shliga. Kichik yoshdagi o'quvchilarning burni ancha kichik bo'ladi. Taxminan bola besh yoshga borganda burun ko'tarmasi yuqolib ketadi. Burun bo'shligini tashkil topishida burun suyaklari tog'aylar qatnashadi. Burun bo'shlig'ining ichki shilliq yuzasini ko'pchilik qismida ko'p yadroli tukli silindrik epiteliya bilan qoplangan bo'lib, bu qismida shilliq ishlab chikaruvchi bezlar joylashgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.22 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.22 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga