Nafas olish tizimi Reja: Havo o'tkazuvchi yo'llar. O'pkaning bronx daraxti. O'pkalarning qon bilan ta'minlanishi. O'pkaning yoshga qarab o'zgarishi. Nafas olish sistemasi burun bo'shlig'i, hiqildoq, traxeya va bronxlardan iborat havo o'tkazish yo'llari hamda alvolalardan iborat respirator bo'limlardan tashkil topgan. Havo o'tkazish yo'llarida havo namlanadi, isiydi va har xil chang zarrachalaridan tozalanadi. Respirator bo'limlarida esa qon va alveolalar o'rtasida havo almashinadi. Funksiyasi: nafas olish sistemasi nafas olish va nafas olish bilan bog'liq bo'lmagan funksiyalarni bajaradi. Nafas olish sistemasi organizm bilan tashqi muhit o'rtasida gaz almashinishini ta'minlaydi. Nafas olish o'pka alveolalarining ritmik kengayish va qisqarish jarayoni bo'lib, atmosfera havosining o'pka alveolalari devorlaridagi kapillyarlar qoni bilan bo'lgan aloqasini ta'minlaydi. Olingan havo respirator bo'limga havo o'tkazuvchi yullar orqali utadi va bunda chang va mikroorganizmlardan tozalanadi, isiydi va namlanadi. Nafas olish bilan bog'liq bo'lmagan vazifalariga kuyidagilar kiradi: immun himoya; lipid va suv-tuz almashinuvida katnashish (nafas chikarilganda Bug holatida kuniga 500 ml sus ajraladi); o'pkadagi to'qima bazofillari hisobiga kon ivishida ishtirok etadi; endokrin (kalsitonin, bombezin, noradrenalin, dofamin, serotonin ishlab chikaradi); serotonin va bradikinin faolligini pasaytiish; o'pka makrofaglari tomonidan lizotsim, interferon va pirogenni ishlab chiqarish; o'pka tomirlarida mayda tromblar va usma hujayralarini emirish; kon deposi; tovush hosil qilishda ishtirok etish; xid bilish; organizmdan atseton, ammiak, alkogol buglarini ajratish. Taraqqiyoti. Embrion hayotining 3-haftasida oldingi ichak (halqum) ning ventral devoridan toq xaltasimon bo'rtma hosil bo'ladi. U pastga qarab o'sadi va ichakdan ajraladi. Bo'rtmaning yuqori qismidan hiqildoq va traxeya, 2 ta pastki xaltachalaridan esa o'pka hosil bo'ladi. Pusht rivojlanishining butun taraqqiyoti davomida alveola pufakchalari bujmaygan bo'ladi. SHuning uchun ham o'lik tug'ilgan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.8 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.8 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:47 ]
Arxiv ichida: doc