Нафас тизими аъзоларининг зарарланиш семиотикаси Havo o'tkazuvchi yo'llar va o'pka parenxemasi murtaklari homila rivojlanishining 22-26 sutkalarida oldingi ichakning ventral qismidan respirator divertikul shaklida hosil bo'ladi. Keyinchalik ichakning bu qismi ezofagotraxeal to'siq orqali ventral (traxeya va 2 ta o'pkali buyrak) va dorsal (qizilo'ngach) qismlarga bo'linadi. O'ng o'pka 3 qismga bo'linadi, chap o'pka 2 ta nayga ajraladi. Bu naylardan o'ng o'pkaning 3 bo'lagi, chap o'pkaning 2 bo'lagi rivojlanadi. Keyinchalik shoxlanish davom etaveradi va bronxial daraxt hosil bo'ladi. Nafas olish yo'li epiteliysi-prexordal plastinkadan, qolgan barcha tarkibiy qismlar mezenximadan rivojlanadi. O'pkaning rivojlanishi Burun yon bo'shliqlari Tug'ilgan vaqtda etarlicha rivojlanmagan. Yuqori jag' (gaymor bo'shlig'i), etmoidal (g'alvirsimon) va ponasimon (klinovidnaya) bo'shliqlar shakllangan , lekin juda kichik hajmda bo'ladi. Peshona bo'shlig'i mavjud emas. Bo'shliqlarning to'liq shakllanishi 15 yoshga to'g'ri keladi. Sinusitlar erta yoshdagi bolalarda kam uchraydi Burun yo'li tor, burun chanog'i qalin, pastki burun yo'li 4 yoshda shakllanadi. SHilliq qavati yupqa qon tomirlarga boy. Kavernoz (peщeristaya) to'qima rivojlanmagan, uning shakllanishi 8-9 yoshga to'g'ri keladi. Oz miqdordagi shish burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradi, so'rish xam qiyinlashadi Hiqildoq Voronkasimon shaklda, tor, tog'ayi mayin va yumshoq. Bo'shlig'i tor, qon tomirga boy va shilliq qavati shishishga moyil. Kattalarga qaraganda ovoz boylamlari kalta, u ovoz xarakterini belgilaydi. 3 yoshgacha o'g'il va qiz bolalarda halqum shakli bir xil. Keyinchalik o'g'il bolalarda qizlarga qaraganda qalqonsimon tog'ay plastinkasiga birikkan burchak o'tkirroq bo'ladi. Ulg'aygan sari ovoz boylamlari uzayadi (ayniqsa 10-12 yoshda) Kichik bolalarda ovozi baland. Kichik bolalarda stenozlanuvchi laringitga moyillik yuqori Halqum Chaqaloqlarda halqum tor. Limfoid halqa kuchsiz rivojlangan. 1 yoshdan so'ng bodomsimon bez murtaklari yoy ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:47 ]
Arxiv ichida: pptx