Nafas tizimi faoliyatiga ta'sir etuvchi dori vositalari

Nafas tizimi faoliyatiga ta'sir etuvchi dori vositalari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nafas tizimi faoliyatiga ta'sir etuvchi dori vositalari - rasmi

Material tavsifi

Nafas tizimi faoliyatiga ta'sir etuvchi dori vositalari Surfaktant hosil bo'lishini oshiruvchi dori vositalari Nafas analeptiklari; Yo'talga qarshi dori vositalari. Balg'am ko'chiruvchi bronxolotik preparatlar O'pka shishida qo'llaniluvchi dori vositalari. Tasnifi, ta'sir mexanizmlari, farmakologik xususiyatlari, qo'llanilishi, nojo'ya ta'sirlari va tibbiyotdagi ahamiyatini o'rganish ma'ruza vazifalari Nafas olish jarayoni uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi orqali boshqariladi. Bu markazning faolligi qondagi karbonat angidridi miqdoriga bog'liq,chunki CO2 nafas markazini bevosita qo'zg'atadi Bundan tashqari nafas markazi reflektor yo'l bilan (karotid koptokchasidagi xemeretseptorlar) ham qo'zg'aladi. Surfaktant hosil bo'lishini oshiruvchi dori vositalari Surfaktant hosil bo'lishini oshiruvchi moddalar SURFAKTANT - o'pka alveolalarini rostlaydigan modda - fosfolipidlardan (90-95%) va oqsil (5-10%) dan iborat. Surfaktant homiladorlikning 20-24 haftasidan boshlab homila alveotsitlarining M turidan hosil bo'ladi. Malumki, homila tug'ilishi bilan birinchi nafas olishda surfaktant tufayli alveolalar rostlanib, to'g'rilanib nafas olishga hozirlanadi. Surfaktant yetishmovchiligi: Bola vaqtidan oldin - chala tug'ilganda, gipokapniya, gipotermiya, atsidozlarda alveolalar to'g'rilanmay, puchayib qoladi va chaqaloqda o'ziga xos nafas yetishmovchilik paydo bo'ladi. Bola to'xtab-to'xtab nafas oladi, keyin esa nafasi butunlay to'xtab qoladi. Surfaktant miqdorini qog'onoq suvida fosfolipidlar spektrini aniqlash tufayli belgilash mumkin. Agar fosfolipidlardan letsitinning sfingomielinga nisbati 1 raqamdan kamayib ketsa, bu surfaktant miqdori pasayganidan dalolat beradi, agar bu raqam 2 dan oshsa surfaktant miqdori etarli deb hisoblanadi. Surfaktant hosil bo'lishini oshiruvchi moddalar Surfaktant miqdorini oshirish uchun glyukokortikoidlar qo'llanadi, ular II tur alveotsitlar retseptorlariga ta'sir ko'rsatib, surfaktant sintezini oshiradi. Bu ta'sir 1-2 kundan keyin boshlanadi, shuning uchun glyukokortikoidlarni bo'lajak onaga tug'ish jarayoni muddatini uzaytirib bo'lsa ham (betta-adrenomimetik- salbutamol bilan) surfaktant sintezini oshirish uchun yuboriladi. Glyukokortikoidlar, etimizol, bromgeksin va eufillin surfaktant hosil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.21 MB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.21 MB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga