Nafas yo'llari kasalliklari va bronxial astma patofiziologiyasi va farmakoterapiyasi Reja: Yuqori nafas yo'llari kasalliklari Surunkali bronxit Pnevmoniya Bronxial astma Yuqori nafas yo'llari kasalliklarining eng ko'p tarqalgani bronxitlardir. Bronxlarning yallig'lanishi patofiziologik va klinik nuqtai-nazardan yuqori nafas yo'llari kasalliklari bilan chambarchas bog'liq. Bronxitlar o'tkir, surunkali, yuzaki hamda chuqur formalarga bo'linadi. Yuzaki «kataral» bronxitlar tez tuzaladi, nospetsifik omillar (shamollash, changlar, allergik reaksiyalar) ta'sirida yuzaga chiqadi va yengil infeksiya fonida o'tadi. Chuqur bronxitlar esa bronxlarni spetsifik infeksiya (gripp, qizamiq, ko'kyo'tal) lari bilan og'ir jarohatlanishi ta'sirida yuzaga chiqadi va peribronxitlar yoki panbronxitlar deb ataladi. Chuqur bronxitlarda bronxlar va o'pka to'qimalariaro hujayralar jarohatlanadi va ancha qiyinchiliklar bilan o'z holiga qaytib keladi. O'tkir bronxit - Bronchitus acuta O'tkir bronxitlar yuqori nafas yo'llarining yalig'lanishini klassik vakili bo'lib virusli gripp, zaharlovchi moddalar ta'sirida hamda turli xil infeksiyalar (bryushnoy tif, toshmali tif, qizamiq, ko'kyo'tal va b.) fonida yuzaga chiqadi. Demak, ko'rsatib o'tilgan infektsilarni yuzaga chiqaruvchi faktorlar (viruslar, rikketsiyalar, ximiyaviy qitiqlovchi moddalar) va ikkilamchi infeksiyalar o'tkir bronxitlarni yuzaga chiqarishda katta rol o'ynaydi. Shuning uchun ham bunday bemorlarni balg'amida pnevmokokklar, streptokokklar, kataral mikrokokklar, stafilakokklar va inflyuntsa tayoqchalari qayd etiladi. Bronxitlar ko'pincha bahor va kuz oylarida ko'proq qayd etiladi va yoshi katta qariyalarda, tinkasi qurigan insonlarda og'ir o'tadi. Bronxitlarni kelib chiqishida bronxlar shilliq qavatidagi qon aylanishini reflektor buzilishi va ularni ximik moddalar bilan qitiqlanishi natijasidagi (oyoq sovuq qotganda va b) reaksiyalari katta rol o'ynaydi. Buni isboti sifatida vazomator va allergik rinobronxitlarda bronxlardan ko'plab sikretsilarni ajralishini va ulardagi qon aylanishini misol qilib keltirilishimiz mumkin. Patofiziologik nuqtai nazardan kataral bronxitlarda bronxlarni shilliq qavatida gipermiya, shish, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.73 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.73 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:47 ]
Arxiv ichida: doc