Narkomaniya, uning tarixi, tarqalishi va kelib chiqish sabablari Reja: 1. Narkomaniya, ya'ni giyohvandlik tushunchasi. 2. Giyohvandlikning tarixi va tarqalishi. 3. Giyohvandlikni kelib chiqishi va sabablari. Narkomaniya (yunoncha narhe-karaxtlik va mania-telbalik, jaxl, shod-hurramlik), bangilik, giyohvandlik-narkotik ta'sirga ega bo'lgan moddalarni surinkasiga iste'mol qilish, unga moyil bo'lib qolish, narkotik modda bo'lmaganda esa bemorda xumor belgilarining paydo bo'lishi, oqibatda og'ir ruhiy, jismoniy, ma'naviy o'zgarishlar, ijtimoiy tushkinlik bilan kuzatiladigan kasallikdir. Narkomaniya sosial muammodir. Sobiq ittifoq davriga qadar Rossiyada, shuningdek, O'rta Osiyoda narkotiklarni turmishda qabul qilish, xususan opium chekish tufayli narkomaniya juda ham keng tarqalgan, katta shaharlarda esa kokain va narkotiklarning boshqa xillarini qabul qilish keng tus olgan edi. Lekin sobiq ittifoq davrida, barcha ma'lumotlar xalq ommasidan yashirilishi tufayli narkomaniyaga barham berilgandek bo'lgan. Sobiq ittifoq parchalanib ketgach, barcha haqiqat-dagi ma'lumotlar to'g'ri ko'rsatilishi tufayli birdaniga narkoman va toksikomanlar soni ko'payib ketgandek bo'ldi. Shuningdek XX asrning oxiriga kelib butun jahon miqyosida ham narkomanlarning soni kundan-kun ortib borayotgan edi va ortib bormoqda. Shuning uchun ham narkomaniya kasalligini xuddi OITS kabi «XXI asr vabosi» deb atasak mubolag'a bo'lmaydi. Kasallanish darajasi Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarini qamrab olib, butun bir epidemiyaga aylanib qolmoqda. Bu kasallik tufayli har yili dunyo bo'yicha millionlab kishilarning yostig'i qurimoqda. Narkomanlarning o'rtacha yashash umrlari statistika ma'lumotlariga ko'ra 35-40 yoshni tashkil etadi. Respublikamizda 1995 yilda giyohvandlarning umumiy soni 6578 kishini 1996 yilda esa 7612 kishini tashkil etdi, ya'ni bir yilda 100 nafar bemorlar ko'paygan. 2003 yilning birinchi yanvar holatiga 12082 kishini tashkil etdi. Viloyatimizda 1993 yilda hammasi bo'lib narkomanlar soni 328 kishini tashkil etgan bo'lsa, 1998 yilga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.64 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.64 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:47 ]
Arxiv ichida: doc