Narkotik moddalar

Narkotik moddalar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Narkotik moddalar - rasmi

Material tavsifi

Narkotik moddalar Giyohvandlikda qo'llanilayotgan narkotik moddalarga quyidagilar kiradi: Ko'knor - bo'yi bir metrga yetadigan ko'kimtir bir yillik o't o'simlikdir. Uning gullari yirik, binafsha , pushti va oqish rangli, ko'sakchasi yirik, bochkasimon va silliq, urug'lari mayda, ko'p va seryog' bo'ladi. Ko'sakchasi ko'kligida ko'ndalangiga tilinganda oqimtir sutsimon shira chiqib, havoda quyilib, qo'ng'ir tus oladi. Shu modda «Opiy» yoki «chaqida» deb ataladi. Shu tarzda yig'ib olingan opiydan farmatsevtika sanoatida morfin, kodein, geroin, pantopon, omnopon, dionin kabi narkotik moddalar tayyorlanadi. Opiy (chaqida)dan qo'lbola usulda qora dori ham tayyorlanadi. Morfin - giyohvandlikda eng ko'p qo'llaniladigan narkotik hisoblanadi. Morfinni birinchi marta ko'knordan Napoleon armiyasining kimyogari Sigen 1806 yilda tayyorlagan. Uni teri ostiga in'eksiya usulida qo'llashni ingliz vrachi Vud kashf etgan. Morfin tibbiyotda og'ir bemorlarda, shikastlanganlarda og'riq qoldirish uchun qo'llanadi. U odamga kayf berish xususiyatiga ega, shu sababli giyohvandlar in'eksiya usulini ko'p qo'llaydilar. Ko'knordan qo'lbola qora dori tayyorlab uni giyohvandlar choyga eritib iste'mol qiladilar. Geroin - birinchi marta 1896 yilda Germaniyada morfindan tayyorlangan. U bronxial astma (nafas qisish), ruhiy kasalliklarni davolash maqsadida ishlab chiqarilgan. Lekin keyinchalik geroinni giyohvandlar keng qo'llay boshladilar. Geroin morfinga nisbatan bir olinadigan ko'knor o'simligi ekilgan.Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra 2004 yilda bu hududdan 4-5 tonna qoradori olingan. Bu esa jahon bo'yicha yetishtiriladigan hosilning to'rtdan uch qismini tashkil etadi. Afg'oniston narkotiklarni ishlab chiqarish va boshqa mamlakatlarga tarqatish bo'yicha jahonda birinchi o'rinda turadi. Bu mamlakatda ko'knor (opiy) ning prekursor deb ataluvchi kimyoviy moddalar aralashmasidan yarimsintetik geroin tayyorlanadi.Bu mamlakatda bunday geroinni ishlab chiqaradigan 100 dan ortiq laboratoriyalar mavjud. Birlashgan Millatlar tashkilotining ma'lumotiga ko'ra jahon miqyosida hamma ishlab chiqarilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.8 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.8 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga