Narkoz vositalari. Etil spirti. Uxlatuvchi vositalar. Alkogolizm va uning asoratlari

Narkoz vositalari. Etil spirti. Uxlatuvchi vositalar. Alkogolizm va uning asoratlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Narkoz vositalari. Etil spirti. Uxlatuvchi vositalar. Alkogolizm va uning asoratlari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU:Narkoz vositalari. Etil spirti. Uxlatuvchi vositalar. Alkogolizm va uning asoratlari. Turli xil yo'l bilan yuborilganda qaytar narkoz holatini yuzaga keltiradigan moddalar umumiy anestetiklar deb ataladi. Narkoz uchun qo'llanadigan vositalar umumiy og'riqsizlantirishda qo'llaniladi. Narkoz deganda MNS funksiyalarining qaytar susayishi tushunilib, u es-hushning yo'qolishi, turli xil sezuvchanlikni va birinchi navbatda og'riq sezishning keskin pasayishi, reflektor qo'zg'aluvchanlik va skelet mushaklari tonusining kamayishi bilan kechadi. Narkoz jarrohlik muolajalarni o'tkazish uchun qulay sharoit yaratadi. NARKOZ BOSQICHLARI 1.Analgeziya bosqichi 2.Qo'zg'alish bosqichi 3.Jarrohlik bosqichlari: -Yuzaki narkoz, -Yengil narkoz, -Chuqur narkoz, -Juda chuqur narkoz 4.Agonal bosqich Narkoz vositalarining organizmga kiritish yo'liga qarab, narkotik moddalar quyidagilarga bo'linadilar: 1.ingalyasion narkoz vositalari 2.noingalyasion narkoz vositalari Uchuvchan Gazsimon INGALYATSION narkoz uchun ishlatiladigan moddalar EFIR - (Aether pro narkozi) 100150mlli flakon. Kuchli narkotik bo'lib, ta'sir kengligi katta, kam zaharli. U bilan chaqiriladigan narkoz oson boshqariladi. Lekin bemorlarning efir ta'siriga sezuvchanligi turlicha. Odatda nafas yo'llariga kirayotgan havoda efirning konsentrasiyasi 2-12 hajm % bo'lganda narkoz rivojlanadi. FTOROTAN (galotan)- 50mlli flakon tarkibida ftor atomi bo'lgan alifatik birikma bo'lib, narkotik ta'siri efirnikidan 3-4 marta kuchli, narkotik kengligi efirnikidek. Narkoz 3-5 daqiqadan keyin boshlanadi. ENFLURAN- tarkibida ftor bo'lgan karbon suv, ta'siri va xususiyatlari bo'yicha ftorotanga o'xshash. Lekin narkotik faolligi yuqori. MeTOKSIFLURAN- ham xuddi shunday, farqi buyrak faoliyatini buzadi. Ftorotan, enfluran, metoksifluran alangalanishdan xavfsiz. Xloroform, xlor etil zaharliligi yuqori, narkotik kengligi tor bo'lganligidan hozirda narkoz uchun ishlatilmaydi. GAZSIMON NARKOTIK VOSITALAR . AZOT (I)-OKSI suyuq, 10mlli metall ballonda. Rangsiz, hidsiz gaz bo'lib, mahalliy qitiqlovchi xususiyati yo'q, zaharsiz modda hisoblanadi. Narkotik kuchi sust. Narkoz rivojlanishi uchun uni nafas yo'llariga 94 hajm ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 433.55 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 433.55 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga