Nasl kasalliklari

Nasl kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nasl kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Nasl kasalliklari REJA: 1.Nasl kasalliklarining material asosi xromosoma va genlar mutatsiyasi haqida tushuncha. - nasl kasalliklarining guruhlari: - xromosoma nasl kasalliklar; - genetik nasl kasalliklar. 2.Tug'ma kasalliklar. 3.Bolalarda sil kasalligi. Nasl kasalliklarining material asosi xromasoma va genlar mutatsiyasi haqida tushuncha. Nasl (irsiy) kasalliklari haqida so'z yuritishdan avval, bu kasalliklarning material asosi bo'lgan xromasoma va genlar haqida tushunchaga ega bo'lish lozim. Odam organizmi barcha hujayra, to'qima, a'zolarining tuzilishi, shakli, funksiyasi, hayotiy jarayonlarining har bir odamga xos xususiyatlari, avloddan-avlodga (nasldan-naslga) xromasomalar va genlar orqali beriladi. Nasldan-naslga berilish (o'tish) qonunlarini genetika fani o'rganadi. Nasldan berilish xususiyatlarining material asosi xromasomalar va genlar hisoblanadi. Xromasomalar odam organizmining, shuningdek, barcha mavjudodlarning, hujayralari yadrosida joylashgan.Barcha hayvon, hashorat organizmining har bir turi uchun xromasomalarning o'ziga xos soni va shakli bo'ladi. Odam organizmining hamma somatik (tananing barcha to'qima va a'zolarining) hujayralari yadrosida 46 ta xromasoma bo'ladi.Har bir xromasoma tarkibida ko'plab genlar bo'ladi. Har qaysi xromasoma va gen odam tanasidagi ma'lum hujayra, to'qima, a'zolarning tuzilishi, shakli, funksiyasi, moddalar almashinuvi va barcha hayotiy jarayonlarini normal bo'lishini ta'minlaydi. Somatik hujayralardan farqli o'laroq, ayol va erkak jinsiy hujayralari (ayol tuxum hujayrasi, erkak spermatozoidi) yadrosida xromasomalar soni 46 ta emas, balki 23 ta bo'ladi. Bularning 22 tasi autosomalar bo'lib, ular yuqorida aytilganidek, ota-ona (oldingi avlod) organizmlarining irsiy (nasl) belgilarini bo'lg'usi avlod (homila) ga o'tkazadi. Jinsiy hujayralardagi 23-nchi xromasoma esa ayol va erkak (ota-ona) jinsiy hujayralarini ayol ichki jinsiy a'zosida (bachadon yo'lida) qo'shilishi (birikishi) natijasida bunyod bo'lgan yangi hujayra (homila) ning jinsini belgilaydi. Ayol jinsiy hujayrasi (tuxum hujarasi) dagi 23-nchi xromasoma iks-iks (XX), erkak jinsiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 984.55 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:48 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 984.55 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga