Nasl, tug'ma, sil kasalliklari Reja: 1.Nasl kasalliklarining material asosi xromosoma va genlar mutatsiyasi haqida tushuncha. - nasl kasalliklarining guruhlari: - xromosoma nasl kasalliklar; - genetik nasl kasalliklar. 2.Tug'ma kasalliklar. 3.Bolalarda sil kasalligi. Nasl kasalliklarining material asosi xromosoma va genlar mutatsiyasi haqida tushuncha. Nasl (irsiy) kasalliklari haqida so'z yuritishdan avval, bu kasalliklarning material asosi bo'lgan xromasoma va genlar haqida tushunchaga ega bo'lish lozim. Odam organizmi barcha hujayra, to'qima, a'zolarining tuzilishi, shakli, funksiyasi, hayotiy jarayonlarining har bir odamga xos xususiyatlari, avloddan-avlodga (nasldan-naslga) xromasomalar va genlar orqali beriladi. Nasldan-naslga berilish (o'tish) qonunlarini genetika fani o'rganadi. Nasldan berilish xususiyatlarining material asosi xromasomalar va genlar hisoblanadi. Xromasomalar odam organizmining, shuningdek, barcha mavjudodlarning, hujayralari yadrosida joylashgan.Barcha hayvon, hashorat organizmining har bir turi uchun xromasomalarning o'ziga xos soni va shakli bo'ladi. Odam organizmining hamma somatik (tananing barcha to'qima va a'zolarining) hujayralari yadrosida 46 ta xromasoma bo'ladi.Har bir xromasoma tarkibida ko'plab genlar bo'ladi.Har qaysi xromasoma va gen odam tanasidagi ma'lum hujayra, to'qima, a'zolarning tuzilishi, shakli, funksiyasi, moddalar almashinuvi va barcha hayotiy jarayonlarini normal bo'lishini ta'minlaydi. Xromasoma va genlar ota-ona organizmining yuqorida aytilgan, ijobiy xususiyatlarini homilaga (bo'lg'usi bolaga) o'tkazishlari bilan birga, ota-ona tanasidagi o'zining belgilari bilan namoyon bo'lgan yoki ko'pincha namoyon bo'lmasdan, ularning ayrim to'qima-hujayralari yadrosida yashirin holda saqlanayotgan, ba'zi kasalliklar bilan zararlangan, xromasoma yoki genlarni ham homilaga o'tkazishlari mumkin. Mutatsiyaga uchragan, ya'ni kasallangan xromasoma va genlar hamma erkak va ayol jinsiy hujayralarida bo'lavermaydi. Kasallangan xromasoma va genlar avlodida nasl kasallik bo'lgan erkak yoki ayol jinsiy hujayralari yadrosida bo'ladi.Bundan tashqari, mazkur erkak va ayol (homilaning otasi va onasi) ning ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.2 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.2 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:48 ]
Arxiv ichida: doc