Nastoykalar va suyuq ekstraktlar sifatini baholash

Nastoykalar va suyuq ekstraktlar sifatini baholash

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nastoykalar va suyuq ekstraktlar sifatini baholash - rasmi

Material tavsifi

nastoykalar va suyuq ekstraktlar sifatini baholash Reja 1. Nastoykalarni va suyuq ekstraktlarni baholash usuli. 1.1. Organoleptik baholash; 1.2. Quruq qoldiq bo'yicha baholash; 1.3. Spirtning quvvati bo'yicha baholash 2. ta'sir qiluvchi moddasi bo'yicha baholash 3. Spirtning quvvatini qaynash harorati bo'yicha aniqlash usuli; 4. Spirtning quvvatini xaydao' usuli bo'yicha aniqlash 5. Xloroform, quruq qoliq va refraktometrik usullarda spirt quvvatini aniqlash Nastoykalarni baholash. Nastoykalar sifati davlat farmakopeyasi va normativ texnik hujjatlar asosida tekshiriladi. Nastoykalarning tashqi ko'rinishi, spirt quvvati yoki zichligi, quruq qoldiq, og'ir metallar va ta'sir etuvchi modda miqdori tekshiriladi. Nastoykalar xidi va mazasi, tashqi ko'rinishi xom ashyo bilan bir xil va tiniq bo'lishi kerak. Nastoykalar tarkibida spirt quvvati rasmiy usulda qaynash harorati bo'yicha, haydash usulida (distillyatsiya usuli) va norasmiy -refraktometrik, quruq qoldiq bo'yicha va xloroform yordamida aniqlanadi. Nastoykadagi spirt quvvatini qaynash harorati bo'yicha aniqlash. Bu usul malum quvvatli spirt-suvli aralashmaning qaynash harorati bilan, shu quvvatdagi spirtda tayyorlangan nastoykaning qaynash haroratining mos kelishiga asoslangan. Nastoykadagi quruq qoldiq miqdori. Quruq qoldiqni aniqlash uchun 5 ml nastoyka doimiy og'irlikkacha keltirilgan byuksga solinadi va suv hammomida bug'latiladi, so'ng 102,5±2,5°S haroratda 2 soat davomida quritiladi. Quruq qoldiq torozida tortilib, 100 ml nastoykadagi quruq qoldiq miqdori hisoblanadi. Og'ir metall tuzlarini miqdorini aniqlash 5 ml nastoyka quruq xoliga keltirilib, qoldiqqa 1 ml kuchli sulfat kislotasi qo'shib, extiyotlik bilan yondiriladi va kuydiriladi. hosil bo'lgan kul ammoniy atsetatning 5 ml to'yingan eritmasi bilan qizdirilib ishlov beriladi, kul suzgich orqali so'ziladi, suzgichdagi qoldiq 5 ml suv bilan yuvib olinib, suyuqlikka suv qo'shib, 100 ml ga etkaziladi. Shuncha miqdor (etalon) suyuqlikdan og'ir metallar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.1 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.1 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga