nastoykalar. nastoykalarning tavsifi va tasnifi Reja. 1. Nastoykalar ifodasi. 2. Nastoykalar olish usullari, texnologik bosqichlari. 3. Rasmiy usulda nastoyka olish usullari. 3.1. Matseratsiya usuli. 3.2. Kasrli matseratsiya. 3.3. Matseratsiya tsirkulyatsiya. 3.4. Girdob. 3.5. Perkolyatsiya usuli. 4. Norasmiy usulda ajratma olish. 4.1. VNIIF usuli. 4.2. Ultratovush yordamida nastoyka olish. 4.3. Markazdan qochish kuchiga asoslangan nastoyka olish. NASTOYKALAR Nastoykalar tiniq, spirtli, spirt-suvli ajratmalar bo'lib, dorivor o'simlpk va hayvon organlari xom ashyosidan qizdirmasdan tayyorlanadi. Nastoykalar kuchli ta'sir etuvchi xom ashyolardan 1:10, qolganlaridan esa 1:5 (og'irlik-hajm) nisbatda tayyorlanadi. Qalampir yalpiz (1:20) va yapon soforasi (1:2) nastoykalari bundan mustasnodir. Nastoykalar olishda ajratuvchi sifatida har xil quvvatli (40%, 60%, 70%, bazan 30%, 90%, 95%) etil spirti ishlatiladi. X DF da nastoykalar bo'yicha 10 ta modda keltirilgan. Undan tashqari, vaqtincha farmakopeya moddalari bo'yicha 50 dan ortiq nastoyka ishlab chiqariladi. Nastoyka olish xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash, ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baholash va qadoqlash bosqichlaridan iborat. XI DF bo'yicha nastoykalar rasmiy matseratsiya, kasrli matseratsiya, ajratuvchini majburan aylanishini taminlovchi matseratsiya (matseratsiya-tsirkulyatsiya), perkolyatsiya (siqib chiqarish), girdob, norasmiy zamonaviy tezlashtirilgan usullar (ultratovush, Farmatsiya ilmiy tekshirish oliygohi (VNIIF), markazdan qochish kuchiga asoslangan) bilan olinadi. Matseratsiya - namlash so'zidan olingan. G'alvirsimon tub ustiga maydalangan xom ashyo (1- 8 mm), ko'rsatilgan miqdordagi ajratuvchi solinib, 15-20°S haroratda, vaqti ko'rsatilmagan bo'lsa, 7 kunga qoldiriladi hamda vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Ko'rsatilgan vaqt o'tgandan so'ng ajratma quyib olinadi. Qoldiq siqiladi. Xom ashyo oz-roq toza ajratuvchi bilan chayib olinib, yana siqib olinadi. Ajratmalar birlashtiriladi va toza ajratuvchi bilan kerakli hajmga etkaziladi. Bu oddiy usul bo'lib, murakkab asbob-uskuna talab ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.59 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.59 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:48 ]
Arxiv ichida: doc